"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq shahar hokimligi hamkorligida “Bir el, bir Vatan, bir bayroq” shiori ostida ma’naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Faxriy qorovul tomonidan tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i olib kirildi.
Tadbirda so‘z olgan Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov O‘zbekiston suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida Davlat bayrog‘i alohida o‘rin tutishini, bayroq xalqning o‘tmishi va buguni, mustaqilligi, tinchligi va barqarorligining timsoli ekanligini ta’kidlashib, barchani ayyom bilan samimiy muborakbod etishdi.
Sana munosabati bilan OKMK Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi, Yoshlar ittifoqi, Axborot xizmati va Kasaba uyushmasi kengashi hamkorligida “Bayroq – millat iftixori!” mavzusida oʻtkazilgan ijodiy tanlovlarning gʻoliblari taqdirlanishdi.
Tadbir davomida, deputat, huquqshunos Matluba Ashurova davlat ramzlari, bayrog‘imiz haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Yangi O‘zbekistonimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.
“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchagi manzur bo‘ldi.
Tadbirni Milliy bayrog‘imiz hilpiratgan holda yo‘lga tushgan avto transport vositalarining paradi yakunlab berdi.
Axborot xizmati