Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xalqaro hamkorlikning yangi ufqlari

05 Fevral 2026, 13:16 126

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqa sanoat rivojining lokomotiviga aylanib ulgurdi. So‘nggi yillarda kombinatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli istiqbolli investitsiya loyihalari jahonning yetakchi kompaniyalari va investorlari e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Global bozorda rangli va qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir sharoitda, OKMKning ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik salohiyati xorijiy hamkorlar uchun yangi strategik imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Joriy yilning 4-fevral kuni Chexiyaning nufuzli kompaniyalari vakillarining OKMKga tashrifi ham fikrlarimizning yaqqol tasdig‘idir.

Dastavval mehmonlar “Metallurg” MSda joylashgan muzeylarda bo’lib, Olmaliq shahri va kombinat tarixi bilan bog’liq eksponatlarni koʻzdan kechirishdi.  Soʻngra ular dunyodagi eng yirik konlardan sanalgan Qalmoqqir konida bo‘lishib, kondagi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.

Navbatdagi manzil kombinatda mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi sanalgan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi bo‘ldi. Zavodning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik uskunalar, tayyorlanayotgan mahsulotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Kombinat mas’ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hamkorlik Muzokaralari davomida Chexiyaninng mashinasozlik, injiniring xizmatlarini ko‘rsatish, IT texnologiyalari, sanoat uskunalarini yetkazib berishga ixtisoslashgan kompaniyalari faoliyatlari, mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech