Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xalqaro investitsiya forumining birinchi kunida foydali kelishuvlarga erishildi

16 Iyun 2026, 18:21 58

V Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni OKMK uchun manfaatlari muzokaralar va bir qator muhim kelishuvlarga boy bo‘ldi.

Forum doirasida “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati bilan xorijiy moliya tashkilotlari hamda investorlar o‘rtasida samarali uchrashuvlar oʻtkazildi.

Xususan, Niderlandiyaning nufuzli “ING” banki vakillari bilan tashkil etilgan muloqotda oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar davomida kombinatning yirik investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish, istiqbolli sarmoyaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda zamonaviy bank-moliya vositalarini joriy etish borasida oʻzaro fikr almashildi.

OKMK rahbariyati va AQSHning "Clark Hill PLC" kompaniyasi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining ADCB banki vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda ham istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

E’tiborli jihati forumning birinchi kunida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, OKMK bilan Polshaning nufuzli “APS Energia”kompaniyasi hamkorligida “APS Energia-AMMC” qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari rasman imzolandi.

Shuningdek, forum davomida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasining “China Nonferrous Metal Industry’s Foreign Engineering and Construction Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida reagentlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish, ikkilamchi resurslarni qayta ishlash hamda maʼdan tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish kabi muhim yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, forum doirasida Misr Arab Respublikasining energetika va infratuzilma sohasidagi yirik korxonalaridan biri — “Elsewedy Electric” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumga ko‘ra, OKMK va Misr kompaniyasi hamkorlikda misni qayta ishlagan holda yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirshadi.

Ma’lumot uchun: 1938-yilda tashkil topgan Misr kompaniyasining dunyodagi 15 mamlakatda 30 ta ishlab chiqarish quvvati mavjud, u yerda 15 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi.

U qayta tiklanadigan energiyasini ishlab chiqarish uchun kabellar, transformatorlar, elektrotexnika buyumlari, elektr uzatish tarmoqlarini qurish va jihozlash, tarqatish tizimlari, gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Bugun forum doirasida "Olmaliq KMK" AJ hamda Daniya Eksport-investitsiya fondi (EIFO) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat yangi barpo etilayotgan 4-sonli mis boyitish fabrikasi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Daniyadan yetkazib berilaishi rejalashtirilayotgan zamonaviy texnologik uskunalarni ehtimoliy moliyalashtirish doirasida sug‘urta qoplamasini taqdim etadi.

Forum davom etadi.

Bo`lishmoq:
Text to speech