"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 2-6-mart kunlari “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi malaka oshirish instituti nodavlat ta’lim muassasasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashlari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘quv kurslarida 28 nafar mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
O‘quv kurslarida ishtirok etgan vakillar o‘z korxonalarida tashkil etilgan o‘quv seminarlarida dars o‘tishdi.
Ushbu tadbirlar soha mutaxassislarining bilimlarini muntazam oshirib borish va ish joylarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Mana shunday seminarlar Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Mis eritish zavodi, Kovuldi kon boshqarmasi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Portlatish materiallari zavodi, Rux zavodi, Angren kon boshqarmasi kabi korxonalarda o‘tkazildi.
Seminarlar davomida asosiy e’tibor ish joylarida mehnat muhofazasi vakillariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishning texnik va tashkiliy jihatlari hamda xodimlarning huquqiy mas’uliyati kabi masalalarga qaratildi. Mutaxassislar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarni erta aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu tadbirlar shunchaki rejaviy emas, balki aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2026-yil 26-fevraldagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.
Umida Djalilova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
tashkiliy masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis