"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 11-fevral kuni Mis boyitish fabrikasida Kasaba uyushmasi qo‘mitasining Mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyasi a’zolari hamda fabrikaning barcha uchastkalaridan yangi saylangan mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 819-sonli qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi nizomga ko‘ra, endilikda mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarning faoliyati tubdan takomillashtirilgan. Qarorda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilgan:
Shuningdek, qaror talablariga muvofiq, korxonada mehnat xavfsizligini ta’minlashda nafaqat ma’muriyat, balki kasaba uyushmasi va saylangan vakillarning mas’uliyati yana-da oshirilganligi ta’kidlandi”.
Vakillarning ish faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, ularning vazifalari, bugungi kunda ularga qaratilgan e’tibor muhokama qilindi.
Mehnat muhofazasi va havfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash masalasi korxonadagi eng birinchi o‘rinda ekanligi, sexlarda xodimlarning mehnat sharoitlari doimiy nazoratda bo‘lishi darkorligi tushuntirildi.
Tadbirda kelgusi ish faoliyati bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Nuriddin Egamberdiyev,
MBF kasaba uyushmasining mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyasi raisi