• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Xavfsiz va sog‘lom ishlab chiqarish muhiti - mehnat sohasining eng muhim tamoyil va huquqidir"

28 Aprel 2023, 9:37 1958

Joriy yilning 27-aprel kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi faollar zalida 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan "Xavfsiz va sog‘lom ishlab chiqarish muhiti - mehnat sohasining eng muhim tamoyil va huquqidir" shiori ostida seminar tashkil etildi.

Tadbir “Mehnat muhofazasi” madhiyasi bilan boshlandi.

Seminarda OKMK boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis Sergey Larionov so‘z olib soha mutaxassislariga samimiy tilaklarini bildirib, o‘tib, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi masalasi kombinatda doimo muhim ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Kombinatda soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida bosh muhandisning MM va SX bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jo‘rayev  to‘liq ma'lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi raisi o‘rinbosari Omonqul Beknazarov ham soha xodimlariga samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan “Dadajon ayajon biz uchun o‘zingizni asrang” mavzusidagi videroligi barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir davomida kombinatda mehnat muhofazasi sohasida faolligi bilan ajralib turgan bir guruh xodimlarga Faxriy Yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar o‘rtasida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid sovrinli viktorina o‘yinlari ham tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga “Liniya zashita” MChJ tomonidan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalarining ko‘rgazmasi havola etildi. Rossiyaning “KVAZAR” MChJ tomonidan ham ishlab chiqarishda xavf-xatarlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan ESML tizimi taqdimoti ham o‘tkazildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech