Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xavfsizlik — bilim va mas’uliyat demakdir!

26 Fevral 2026, 13:13 248

Joriy yilning 25-fevral kuni Ohak zavodida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Tadbirda OKMK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Adham Ahrorov, Fuqaro muhofazasi otryadi boshlig‘ining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Abdulqosimovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida mas’ullar o‘tgan davrda ro‘y bergan yong‘inlarni va ularning kelib chiqishi sabablarini tahlil etishdi.

Ta’kidlandiki, arzimas bo‘lib ko‘ringan kamchiliklar ham yong‘inlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, qurilish qilganda o‘tkaziladigan elektr simlarining izolyatsiyasiga katta ahamiyat qaratish kerak. Yuqori kuchlanishga chidamli elektr simlaridan foydalanish lozimligi, sodir bo‘lgan yong‘inlarning aksariyati qisqa tutashuvlar natijasida ekanligini ma’lum qilindi.

Ishlab chiqarish jarayonida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish har bir xodimning asosiy vazifasidir. Seminar davomida soha mutaxassislari favqulodda vaziyat yuzaga kelganda vahimaga tushmasdan, to‘g‘ri harakat qilishni, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishni, elektr tarmoqlari va uskunalarning sozligini doimiy nazoratini olib borishni ta’kidlashdi.

Seminarning amaliy qismida ishchi-xodimlarga o‘t o‘chirish transport vositasi, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va jihozlari, ulardan qanday foydalanish ko‘rsatib berildi.

Zero, yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq. Bu kabi amaliy seminarlar ishchi-xodimlarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki favqulodda holatlardagi shayligini oshirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech