"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi departamenti tomonidan muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Mana shunday profilaktik tadbirlardan navbatdagisi Angren kon boshqarmasida tashkil etildi.
Tadbirda Olmaliq kon texnika inspeksiyasi boshlig‘i v.b. N.Akubov, Olmaliq KTI davlat inspektori M.Azimov, Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Sh.Jo‘rayev, OKMK tog‘-kon bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.Prokopsov, Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Chegabayev, Geologiya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari T.Temirov, kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi vakili, korxona rahbariyati, bosh mutaxassislari va tarkibiy bo‘linmalarning muhandis texnik xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda joriy yilning 12-yanvar kuni Ko‘chbuloq shaxtasi “Semg‘uron” yer osti uchastkasida sodir bo‘lgan guruhiy baxtsiz hodisa sabablari tahlil etildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mas’ullar sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan keyin, shaxtadagi barcha kon lahimlari kesishmalarining holati qoniqarli takroran tekshirilganligi va kon lahimlariga javobgar hisoblangan kon ustalari tomonidan doimiy nazoratga olinganligini bildirishdi.
Shuningdek, Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi departamenti va Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi mas’ullari ro‘y bergan baxtsiz hodisa yangi ishga qabul qilingan ishchilarning aksariyati to‘g‘ridan to‘g‘ri lahim o‘tuvchi kasbiga ishga qabul qilinayotganligini, ularning yetarli malaka va tajribasi yo‘qligi bois oxirgi ikkita sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar aynan shu kabi kamchiliklar orqali sodir bo‘lganligini ta’kidlashdi.
Ta’kidlandiki Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarga jiddiy yondashish kerakligini, tuzilgan chora-tadbirlarni o‘z muddatida bajarish kerakligini, ishchilarga xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etib ishlash kerakligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Har bir muhandis texnik xodim birinchi navbatda ishchilarning xavfsizligini ta’minlashi lozim, ishchilarning ish yo‘riqnomalarida ko‘rsatilmagan ishlarni bajarishga majburlash salbiy oqibatlarga olib kelishi alohida ko‘rsatilib o‘tildi.
Shaxtada bajariladigan ayrim ishlar xavflilik darajasi hamda ishchilarning malakasi va ish stajini inobatga olgan holda yetarli darajada rejalashtirilmaganligi tanqid qilindi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Iroda Almatova,
Mehnat muhofazasi va
Sanoat xavfsizligi departamenti muhandisi