• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xitoy Rangli togʻ-kon korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi OKMKda

11 Iyun 2024, 11:40 503

Kuni kecha kuni Xitoy Rangli togʻ-kon korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi SI CHJENPIN boshchiligidagi delegatsiya OKMKda boʻlishdi.

Korxona mas’ullari va mutaxassislar boshchiligida martabali mehmonlar dastlab “Metallurg” madaniyat saroyiga tashrif buyurdi. 

Kombinat muzeyida boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Zohidjon Ishmuhammedov hamda axborot xizmati boshlig’i Umida Karshibaevalar hamrohligida ishbilarmonlarga ishlab chiqarish jarayonlarining har bir bosqichi haqida  ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, madaniyat saroyi faoliyati ham delagatsiya a’zolari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Rejaga koʻra, keyingi manzil Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlari boʻldi.

Ushbu manzillarda mehmonlar, Kombinat konlari haqida taassurotlarga ega boʻlib, jarayonlarga yangidan yangi texnikalar jalb etilayotganligi, Kombinat imkoniyatlari kengayib borayotganligini ta’kidlab oʻtishdi.

Qayd etish kerakki, mazkur korporatsiya Xitoyning aynan togʻ kon yoʻnalishidagi eng ilgʻor korxonalaridan sanaladi. Jahon bozoridagi ulushi ham yuqoriligi bilan ajralib turadi. 

Tashrif davomida togʻ-kon yoʻnalishlarida, uzoq yillarga moʻljallangan kelishuvlar koʻrib chiqildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech