Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasining erishayotgan yutuqlari va amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar haqida turkum maqola va reportajlar tayyorlash maqsadida ijodiy guruhimiz bilan Surxondaryo viloyatida boʻldik.
Ijodiy safarimizni dastlab, Xondiza shaxtasidan boshladik. Mazkur yerosti koni tarixga nazar tashlar ekanmiz, konda dastlabki ruda 2009 yili dekabr oyida qazib olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotga ega boʻldik. Unga qadar, ya’ni 2007 yilning noyabr oyida Kovuldi koniga qarashli boʻlgan kapital kon ishlari uchastkasi kon tayyorlov ishlarini amalga oshirishni boshlagan. Konning umumiy yer maydoni 128 gektarni tashkil etadi. Hozirgi kunda konning umumiy chuqurligi yer sathiga nisbatan 175(vertikal)metrni, yuk tashish qiya kon lahm oʻtishlari belgisi 1375 metrni, yer ostining eng pastki gorizonti esa 9200 metrni tashkil etadi.
Konda kon qazish ishlari ikki tizimda – qavatlar ostidan qulatish va kamera ustunli orqali olib boriladi. Kon ishlari asosan oʻziyurar asbob-uskunalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Kon navbatchi mexanigi Abror Jalilovning ta’kidlashicha, ikki manipulyatorli Rocket Boomer-282 tipidagi 14 m² va undan katta yuzali kon lahmlari oʻtish uchun burgʻulash qurilmasi, bir manikulyatorli Boomer-104 tipidagi 9-14 m kvadratgacha yuzali kon lahlarini oʻtish qurilmalaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish bloklarida quduqlarni burgʻulash uchun bitta manipulyatorli Simba 157 va Simba K-102, DL-210 tipidagi hamda NKR 100 mpa tipidagi burgʻulash uskunalari ishlatiladi. Gorizontal va vertikal kon lahmlarini oʻtishda esa PP-63 va PT-48 tipidagi burgʻulash uskunalaridan foydalaniladi.
Konda rudalarni tashish va qazib olish uchun kovsh sigʻimi 3 metr kub boʻlgan LH307 va ST-3,5 rusumli yuklash-eltib berish mashinalaridan foydalaniladi.
15-20 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan EJK, MT-2010, TH-320 tipidagi shaxta avtosamosvallari rudalarni tashqariga olib chiqishadi. Ayni paytda 27ta kon texnika vositalari ishlamoqda.
Ishchilarni kasb kasalligi va baxtsiz hodisalarga uchramasligi uchun doimiy ravishda tizimli mehnat muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar olib boriladi. Ishchilar bilan ish boshlashdan avval kon ustalari tomonidan joriy yoʻriqlar oʻ Unda ish joyi, ish joyidagi xavfsizlik choralari, xavfli osilib turgan toshlardan tozalanganligi, kon havosidagi zaharlgi gazlarning me’yoriy darajasi qay darajada ekanligi kon ustalari tomonidan nazoratga olib boriladi. Ishchilar shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Kon togʻ jinslari turgʻunliligi boʻyicha eng yuqori darajada hisoblanadi. Protodyakonov shkalasi boʻyicha 14 dan 19 gacha boʻlgan qattiqlik koefisentiga ega. Kon boshqa konlarga nisbatan ancha xavfsiz hisoblanadi, - deydi kon mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi Shohrux Xuydoqulov.
Konda mehnat qilayotganlarni zarur boʻlgan kislorod bilan ta’minlash hamda yer osti lahmlarini shamollatish uchun 10-sonli shtolnya kirish qismiga yaqin joyga VOD-30 tipidagi asosiy shamollatish ventilyatori oʻrnatilgan. Ushbu ventilyator seknudiga 120 metr kub havoni yer ostiga hayyoda beradi. Shuningdek, kovlash va qazish jarayonlarida VM-12 va SVM-6 tipidagi mahalliy shamollatish ventilyatorlaridan ham foydalaniladi. Ushbu ventilyatorlar sekundiga 21 metr kub va 7,5 metr kub havoni haydab beradi. Har bir gorizont uchun ham ventilyatorlar oʻrnatilgan, - deydi kon elektromontyori G’ayrat Shodiev.
Ushbu kon geologlar tomonidan polimetallar ombori deya, e’tirof etilgan. Sababi, kon bagʻrida tasdiqlangan zahira salmoqli ekanligini koʻrsatmoqda. Jumladan, 2016-2021 yillardagi geologik oʻrganishlar natijasida kon bagʻrida 2 600 000 tonna polimetall ruda borligi aniqlangan. Shundan, 150 ming tonna rux metalli, 70 ming tonna qoʻrgʻoshin, 13 ming tonna mis, 100 tonna kumush, 700 tonna kadmiyni tashkil etadi.
Hozirgi kunda konda 17 mln tonna polimettal ruda zahirasi mavjud boʻlib, ushbu rudalar tarkibida 500 ming tonna qoʻrgʻoshin, 1 mln. tonna rux, 130 ming tonna mis, 1500 tonna kumush, 6000 tonna kadmiy kabi metallar bor.
Shaxta boshligʻi Bunyod Joʻraevning ma’lum qilishicha, ayni kunlarda 1300 m, 1290 m, 1280 m, 1200 m gorizontlarda qazib olish, tozalash ishlari va lahim oʻtish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda kondagi mavjud oʻrganilgan va tasdiqlangan foydali qazilmalar zahiralarining qazib olishni 2-bosqich ochish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilayapti. Hozirda loyiha insituti tomonidan qazib olish ishlari loyihalashtiralayapti. Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida konda yana 13,5 mln tonna foydali qazilma zahirasi ochiladi va Xondiza kon boshqarmasining 2047 yilgacha ishlab chiqarish boʻlgan ehtiyoji qondiriladi. Bundan tashqari, kon atrofida Surxondaryo geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan geologiya qidiruv oʻrganish ishlari amalga oshirilib, umidli foydali qazilma zahiralari oʻrganilayapti.
Kon mehnat jamoasi 2023 yilning 5 oylik vazifalarini yorugʻ yuz bilan ado etdi.
175 metr vertikal chuqurlikdagi yer osti konida yurar ekanmiz, konchilarning zahmatli mehnatini, boy tarkiblik ma’danlar ming mashaqqatlar evaziga olinayotganligiga, ularning har qanday sharoitda ham oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishayotganliklariga guvoh boʻldik. Ozgina boʻlsada konchilik kasbining naqadar mashaqqatligi ekanligini oʻzimizda his etdik. Konchilarning ishlariga omad tilab, keyingi manzil – Xondiza boyitish fabrikasi tomon yoʻl oldik.
Sherzod Tilovberdiev,
Olmaliq-Xondiza-Olmaliq