Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun erta tongdan «9 may - Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, Olmaliq shahar hokimligi mas'ullari, shahar korxona-tashkilotlari vakillari, harbiylar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, nuroniylar shahrimizdagi «Motamsaro ona» yodgorligi oldiga jam bo‘lishdi.
Tadbirga yig‘ilganlar mahzun musiqa sadolari ostida majmua poyiga gullar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi.
Insoniyat tarixidagi mash'um Ikkinchi jahon urushida mamlakatimizdan 1,5 milliondan ortiq kishi qatnashgan. Urushda yurtdoshlarimizning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘lgan. 133 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.
Davlatimiz rahbarining farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 2023-yil 6-may holatiga 174 nafarni, Toshkent viloyatida 26 nafarni, Olmaliq shahrida esa 2 nafarni tashkil etadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnshchisiga 5 mln so‘mdan, 18 nafar mehnat fronti faxriylariga 3,5 mln so‘mdan, 9 nafar Chernobil AES falokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar hamda 212 nafar baynalmilal jangchilarga 1,5 mln so‘mdan bir martalik pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.
OKMK Axborot xizmati