"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan keng qamrovli investitsiyaviy loyihalar barcha tarkibiy bo'linmalarda ishlab chiqarish quvvatlarini izchil oshirish va texnologik yangilanishlarni jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Sanoat suv ta'minoti sexiga keltirilgan yangi va zamonaviy burg'ilash qurilmasi ham ushbu modernizatsiya islohotlarining yaqqol isbotidir.
Sexning burg'ilash uchastkasi katta ustasi vazifasini bajaruvchi Arabbek Mavashevning ta'kidlashicha, yangi xarid qilingan URB-50 Krantas rusumli burg'ilash uskunasi o'zining yuqori texnik imkoniyatlari va samaradorligi bilan ajralib turadi.
Sexda mavjud bo'lgan eski ikkita uskunaning burg'ilash quvvati atigi 50 metrgacha bo'lgan bo'lsa, yangi qurilma 1300 metrgacha chuqurlikda burg'ilash ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Eski uskunalar zarb berish (urish) asosida ishlab, hosil bo'lgan tuproq va tosh massasini qo'lda yoki qo'shimcha kuch bilan tozalashni talab etardi. Bu esa ortiqcha ishchi kuchi va ko'p vaqt yo'qotilishiga olib kelardi. Yangi uskuna esa aylanma harakat bilan ishlaydi, burg'ilangan joyning yon devorlari o'pirilib tushmasligi uchun uni maxsus qorishma bilan suvab ketadi va hosil bo'lgan massani avtomat ravishda yuzaga chiqarib tashlaydi.
Ushbu zamonaviy qurilma ko'p funksiyali bo'lib, quyidagi muhim texnik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan:
Yana bir e'tiborli jihati mazkur texnikadan kombinatimizda keng quloch yoygan «Yashil makon» umumilliy loyihasi doirasida yangi barpo etilayotgan yashil hududlarni suv bilan ta'minlash, sug'orish quduqlarini qazishda ham unumli foydalaniladi.
Alohida qayd etish joizki, ushbu yuqori texnologiyali burg'ilash uskunasi mamlakatimizda Mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilgan bo'lib, bu import o'rnini bosish va mahalliy sanoatni qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.
Yangi texnikaning boshqaruv tizimini mukammal o'zlashtirish maqsadida sexda faoliyat yuritayotgan 13 nafar burg'ilash uskunasi mashinisti kombinatning O'quv markazida maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida malaka oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo'lishdi.
Texnologik yangilanishlar shu bilan to'xtab qolmaydi. Kelgusida sex texnoparkini yanada boyitish maqsadida yana bir dona yangi rusumdagi URB-25 Krantas burg'ilash uskunasini olib kelish va ishga tushirish ko'zda tutilgan.
Axborot xizmati