Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi “Chaqmoqtosh” konining topografik rejasi tayyorlandi

19 Noyabr 2025, 9:39 416

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati marksheyderlari tomonidan zamonaviy texnologiyalar yordamida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 5-noyabr kuni Resurslar va tog‘-kon ishlari departamentining Marksheyder bo‘limi xodimlari tomonidan Chodak koni tarkibidagi yangi “Chaqmoqtosh” koni zahiralarini ochishga oid loyiha doirasida muhim amaliy ishlar bajarildi.

Xususan, kelgusida elektr tarmoqlarini tortish va nimstansiya o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan hududning aniq topografiyasi tayyorlandi.

“Ertosh” podstansiyadan O‘rmon xo‘jaligi qo‘riqlash postigacha bo‘lgan 100 gektar maydonda aerofotosuratga olish ishlari zamonaviy dron orqali amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlar asosida yuksak aniqlikdagi topografik reja tayyorlanib, loyiha tashkilotiga topshirildi.

Ushbu ishlar yangi “Chaqmoqtosh” koni infratuzilmasini shakllantirish, elektr ta’minoti tizimini loyihalash va zahiralarni o‘zlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech