• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi marralar sari ruhlantirdi

22 Oktyabr 2024, 13:14 677

MUNOSABAT

Davlatimiz rahbarining viloyatlar, eng muhim strategik obyektlarga tashrifi har doim keskin burilishlar pallasini boshlab beradi, desam xato qilmagan bo‘laman. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi Olmaliq shahri va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi kombinat tarixida umuman yangi bir bosqichni boshlab berdi.

“Yoshlik I” kon maydonini o‘zlashtirish investitsiyaviy dasturi ijrosiga shahdam kirishish bilan bir vaqtning o‘zida OKMKning asosiy ishlab chiqarish korxonalari quvvatlarini oshirish strategiyasi ham belgilab olindi. Qisqa vaqt ichida birgina Mis boyitish fabrikasining o‘zida mavjud quvvatlarni texnik va texnologik qayta qurollantirish borasida e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati, jumladan “Olmaliq KMK” AJga kuni kecha uyushtirgan navbatdagi tashrifi ham sermahsul kechishi bilan birga yangi ulug‘vor vazifalar yo‘lida yo‘nalishlarni belgilab berdi. Ayniqsa, viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xarid qilinib kelinayotgan mahsulotlarni Toshkent viloyati imkoniyatlarini oshirgan holda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi borasida berilgan takliflar e'tiborga molikdir.

Boyitish jarayonlarida qo‘llaniladigan ksantagenat kaliysini ishlab chiqarish o‘zimizda yo‘lga qo‘yilishi o‘ylaymanki, nafaqat MBF, balki yangi bunyod etilayotgan boyitish fabrikalarining texnologik sarf-harajatlari keskin tushirilishi va yakuniy mahsulotlar tannarxi tushishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalari va takliflari OKMKning eng yirik boyitish korxonasi hisoblangan Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasini ham yangi marralar sari ruhlantiradi. Fabrika jamoasi kelgusi yilda 40,3 million tonna ma'danni qayta ishlash kabi ulkan marrani zabt etishni o‘z oldiga ustuvor maqsad sifatida belgilab oldi.

Ravshan SIDIQOV,

“Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasi direktori

Bo`lishmoq:
Text to speech