• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi Mehnat Kodeksi va amaldagi Mehnat Kodeksi o‘rtasidagi asosiy farqlar

16 Iyun 2023, 12:55 1610

Joriy yilning 13-15 iyun kunlari O‘quv markazida “Yangi Mehnat Kodeksi va amaldagi Mehnat Kodeksi o‘rtasidagi asosiy farqlar” mavzusi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalarining xodimlar bilan ishlash, mehnatga haq to‘lash, yuridik bo‘limlari va O‘quv markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar “МЦФЭР-У” MChJ bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida  batafsil tushuntirishlar berildi. Seminarni yuridik fanlar nomzodi, yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mualliflaridan biri Mixail Gasanov olib bordi.

- Yangi Mehnat kodeksi bevosita ta'sir ko‘rsatadigan hujjatga aylandi. U ma'lum bir huquqiy chegarani belgilaydi hamda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarning butun majmuasini tartibga soladi, shuningdek buning uchun yangi vositalarni taqdim etadi. Masalan, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslardan biri – taraflarning roziligi MK 97-m. 1-b., ammo eski Kodeksda ushbu tartib-taomilning qoidasi yo‘q edi. Shuningdek, yangi MKda HR-menejmentdan yangi vositalar, xususan, ish haqida taklif (job offer) paydo bo‘ldi. Ishga taklif qilingan shaxslar esa qo‘shimcha kafolatlar olishdi,- deydi Mixail Gasanov. - Ba'zi o‘zgarishlar ayniqsa xodimlarni xursand qiladi. Masalan, ta'tilning minimal davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil qiladi (eski MKdagi 15 ish kuni o‘rniga). Bu xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta'tillar to‘g‘risidagi (1970 y.) 132-sonli Konvensiyasiga mos keladi. Shuningdek, agar bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunini ko‘chirish qoidasi ham paydo bo‘ldi.

Ba'zi yangiliklar biznes uchun juda foydali bo‘ladi. Masalan, muddatli mehnat shartnomasini tuzish uchun asoslar 18 ta bo‘ldi (eski Kodeksda ular atigi 3 ta). Shuningdek, ish beruvchilarga xodimni o‘qitish uchun sarflangan mablag‘lar uchun kompensatsiya talab qilish huquqi berildi. Yoki – agar xodim shartlashilgan muddatdan oldin ishdan bo‘shasa, ular ishlab berilganiga mutanosib ravishda talab qilinadi.

Yangi MKga ko‘ra:

– Qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta'til va yangi Mehnat kodeksiga muvofiq ish haqi saqlanmaydigan ta'til nafaqat ayollarga, balki ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) beriladi 28.10.2022 y. 798-son O‘RQ yangi MK 401-m. 1-q. 28.10.2022 y. 798-son O‘RQ yangi MK 402-m. 1-q..

Haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta'tilning eng kam davomiyligi 4 kalendar kungacha oshirildi.

Yangi Mehnat kodeksining 401-modda 2-qismida aytilishicha, bunday ta'til turini yillik mehnat ta'tiliga qo‘shib berish yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta'tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanish mumkin. Uni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu toifadagi xodimlarning hohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta'tilning davomiyligi avvalgidek qoladi – kamida o‘n to‘rt kalendar kun 28.10.2022 y. 798-son O‘RQ yangi MK 402-m. 1-q. 28.10.2022 y. 798-son O‘RQ yangi MK 242-m. 1-q..

Xodimni mehnat shartidagi qanday o‘zgarishlar haqida ogohlantirish kerak?

Ish beruvchi xodimni nafaqat alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida, balki uning keyingi ishiga ta'sir qiladigan ba'zi o‘zgarishlar haqida ham oldindan ogohlantirishi shart. Bu xodim ogohlantirish davrida – kompaniyadan ketish yoki yangiliklarga moslashib ishlab qolish haqida qaror qabul qila olishi uchun kerak.

Ish beruvchi xodimni oldindan ogohlantirishi shart bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi:

1) agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirish.

Shunday qilib, agar ish beruvchi ishlab chiqarish sabablariga ko‘ra, masalan, xodimlarning ish haqini kamaytirishni, yillik ta'til muddati davomiyligini qisqartirishni, ish vaqti rejimini qayta ko‘rib chiqishni va hokazolarni rejalashtirsa, – u bu haqda xodimlarni oldindan xabardor qilishi kerak.

Seminarda ishtirokchilar mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi joriy yilning 30 aprel kuni kuchga kirdi.

Olga Kapayeva,

O‘quv markazi ishlab chiqarish ta'lim ustasi

Bo`lishmoq:
Text to speech