• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi Nafas – EKIDEN ommaviy yugurish musobaqasida OKMK vakillari sovrindor

25 Dekabr 2023, 10:49 668

Joriy yilning 24-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz Bosh Qomusining 31 yilligiga bag‘ishlab Yangi Nafas – EKIDEN ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz qurolli kuchlari, huquq-tartibot idoraralari, oliy o‘quv yurtlari hamda korxona-tashkilotlardan ayollar va erkaklar jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqada medallar uchun 100ga yaqin jamoalar kurash olib borishib, har bir jamoa 7 nafar a'zodan iborat bo‘ldi.  Musobaqa ishtirokchilari turli toifalar, mutlaq birinchilik va aralash estafeta kabi bahslar bo‘yicha bellashdilar. Har bir bosqichning yugurish masofasi 3,18 km ni, umumiy esa 22,26 km ni tashkil etdi.

E'tiborlisi, ushbu musobaqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ayollar va erkaklar jamoalari ham qatnashib, korxona-tashkilotlar o‘rtasidagi bahslarda samarali natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, erkaklar jamoamiz faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ayollar jamoamiz esa 2-o‘rinni zabt etishdi.

Musobaqa g‘oliblari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech