Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugungi kunda mamlakatimizda, shu jumladan, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlovchi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni modernizasiya qilish va tashkil etishga qaratilgan investisiya siyosatini yanada faollashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yoshlik” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan investision dastur aynan shu maqsadlarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, mamlakatimizning 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investision dasturida ham mazkur loyihaga alohida urg‘u berilgan.
“Olmaliq KMK” AJ va Olmaliq shahrining elektr ta'minoti “O‘zbekenergo” AJning Toshkent, Yangi Angren va Sirdaryo IES energiya tizimlaridan uchta bosh nimstasiya orqali amalga oshiriladi: Qora-qiya-soy kuchlanishi 220/110/35/6 kV.li ikkita kuchlanishi 200 000 kVA transformatorlaridan, “Adolat” nimst ansiyasi 220/110/35/6 kV.li ikkita kuchlanishi 200 000 kVA transformatorlaridan va “5-Tyagovaya” 110/35/6 kV.li kuchlanishi 25000 kVA ikkita transformatorlaridan.
Elektr ta'minoti sxemasi shunday ijroda bajarilganki, kombinatning barcha bo‘linmalari 110, 35, 6 kV.li liniyalar bilan ikki karrali ta'minotga ega. Bundan tashqari, elektr ta'minoti sxemasiga kiritilgan kuchlanishi 110, 35, 6 kV.li uzunligi 800 kilometrdan ziyod havo elektr uzatish liniyalari, 10 kV. gacha bo‘lgan 400 kilometrdan ortiq kabel' liniyalariga xizmat ko‘rs atib kelayotgan Elektr tarmoqlari boshqarmasi yangi “Texnologik” nimstansiyasini foydalanishga qabul qilib olish arafasida turibdi. Mazkur nimstansiya quvvati, uni bunyod etishdan maqsad va boshqa bir qator masalalar yuzasidan ETB boshlig‘i v.b. Shuhrat TOJIYEV quyidagi ma'lumotlarni beradi.
- Mazkur yangi nimstansiya kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish loyihasi doirasida ochilayotgan yangi konlar va 3-MBFni elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida bunyod etilmoqda. Kuchlanishni kamaytirib beruvchi “Texnologik” nimstansiyasining foydalanishga topshirilishi “Yoshlik I” koni ishlab chiqarish quvvatlarini elektr tarmoqlariga ulanishi va kombinat tomonidan foydalanib kelinayotgan nimstansiyalardagi quvvatlarni qisman yengillashtirishga ham xizmat qiladi. Raqamli PS 500/110/10 kV stansiyasi SCADA boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi. Raqamli nimstansiya qurilishida kuchlanishi 500 kV, quvvati 650 Mvt bo‘lgan ikkita bir fazali avtotransformatorlar guruhi va zahira fazasiga ega bo‘lish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, yangi ob'ekt Sirdaryo IES-Yangi Angren IESning “Yoshlik I” koni nimstansiyasiga kirish va chiqishini ham ta'minlab beradi.
Yangi nimstansiyani qurish loyihasi ijro si uchun JSC “O’zelektroapparat-Electroshield” tashkiloti jalb etilgan va u ob'ekt kalitga topshirilishini o‘z zimmasiga olgan. Asosiy elektr qurilmalarini yetkazib berish yuzasidan loyiha doirasida shartnomalar tuzilgan. Bugungi kunga kelib Ispaniyaning “Faramax” firmasi avtotransformatorlari xarid qilindi va o‘rnatilishiga muvaffaq bo‘lindi. Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan ko‘p prosessorli releli himoya qurilmalari ham xarid qilindi. Yana bir muhim jihat - barcha ma'lumotlarni to‘plab borish va dispetcherlik nazoratini olib borish maqsadida SCADA dasturiy- apparatlar kompleksini o‘rnatish ishlari ham davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish lozimki, “Faramax” kompaniyasining kuchlanish transformatorlari va “Siemens” kompaniyasining ikkilamchi as boblari hamda mikroprose ssor texnikalari energetika tizimidagi eng ilg‘or va vaqt sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan elektr jihozlari sirasiga kiradi.
Ayni kunga qadar ORU-500 kV va reaktiv quvvat manbalari uchastkasida qurilish-montaj ishlari bajarilishiga erishildi. Nimstansiyaning ORU-110 kV.sida temir-beton poydevorlari montaj qilinishi bilan bir qatorda ularga portal metallkonstruksiyalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kuchlanishi 500 kV bo‘lgan havo elektr uzatish liniyalarining tayanch tirgaklarini tiklash ishlari qizg‘in pallaga kirgan.
“Texnologik” 500/110/10 kV nimst ansiyasini bunyod etish ishlariga pudratchi tashkilotning 100 nafardan ziyod ishchi-xodimlari, maxsus qurilish avtotexnika vositalari va ko‘chma yuk ko‘tarish mexanizmlari jalb qilingan. Rejaga asosan ishga tushirish, sozlash hamda ob'ektni foydalanishga topshirish ishlari 2023 yilning birinchi choragida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Biroq, ob'ektda amalga oshirilayotgan ishlarning sur'ati vazifalar ancha barvaqt uddalanishi va joriy hisobot yili yakuniga qadar ETB yangi nimstansiyani foydalanishga qabul qilib olishini ko‘rsatmoqda.
R.S. Mazkur nimstansiya foydalanishga topshirilishi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Chunki bu ko‘rsatkichlar elektr energiyasi sarfiga, elektr ta'minoti tizimining ishonchliligiga va korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta'sir etishi bilan bir qatorda elektr energiyasini sifatini oshirishda texnik-iktisodiy masalalar ham oqilona o‘z yechimini topishiga omil bo‘ladi.
Hasan ABDULLAYEV
yozib oldi