• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi pech ishga tushirildi

25 Mart 2024, 13:40 981

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “Yuqori haroratli keramik mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish” investitsiyaviy loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida foydali ish hajmi 10 m3 bo‘lgan olovbardosh va kislotaga chidamli mahsulotlarni kuydirish uchun yuqori haroratli kamerali olovli pech xarid qilindi.

2024 yilning 20 mart kuni birlashmaning olovbardosh keramik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha sexida ushbu pech ishga tushirildi. Pech kuydiriladigan mahsulotlar solinadigan 3 ta vagonetka bilan jihozlangan. Unga kuydiriladigan mahsulotlar mexanizatsiyalangan tarzda yuklanadi. Pech boshqaruvi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan nazorat tizimi asosidagi kompyuter dasturi bo‘yicha avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Kuydirishning maksimal harorati +1800 Co ni tashkil etadi. Bitta sikl kuydirishda 3500 dona ShA5 markasidagi standart olovbardosh shamot g‘ishtlari kuydiriladi. Pech tabiiy gazda ishlaydi. E'tiborlisi, pechning ishlash paytida chiqindi gazlarini issiqlik bilan tiklash amalga oshiriladi. Bu esa issiqlik tiklanmaydigan pechlarga nisbatan tabiiy gaz sarfini 30% gacha tejash imkonini beradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech