Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33“OKMK korxonalarini texnik qayta qurollantirish” dasturiga ko‘ra, Ohak zavodida quvurli aylanma pechining 2-tarmog‘i barpo etildi.
Ushbu obyektning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 14-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda OKMK rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari, mehnat faxriylari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xursanov kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarning ahamiyati hamda ushbu pechning ishlab chiqarish zanjiridagi roli katta ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Pech qurilishida ishtirok etgan kombinat tarkibiy bo‘linmalari mehnat jamoalariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Yaqin kunlarda Jizzax viloyatida ham yangi ohak zavodining qurilish ishlari boshlanishini ma'lum qildi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan mehnat faxriylari va mehmonlar ham yangi inshootning kombinat rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.
Tadbirda pech qurilishida ishtirok etgan kombinat tarkibiy bo‘linmalarining bir guruh ishchi-xodimlari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Shundan so‘ng, Ohak zavodi direktori tomonidan pech ishga tushishga tayyor ekanligi ma'lum qilinib, pech ishga tushirildi. Ishga tushirilgan pechdan dastlabki ohak mahsulotini ham olindi.
Ma'lumki, ma'danlarni boyitishda ohak muhim reagent hisoblanadi. OKMK boyitish fabrikalarida ham uni keng qo‘llashadi. Shuningdek, Rux va Mis eritish zavodlarida sulfat kislota ishlab chiqarishda neytralashtirish uchun ohakdan foydalaniladi.
Kombinatda ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi natijasida ohakka bo‘lgan ehtiyoj ham kundan-kunga oshib borayapti. Ushbu omillarni hisobga olgan holda yangi barpo etilgan mazkur pech kombinatda ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi natijasida ohakka bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondiradi. E'tiborlisi, pech kombinatning o‘z kuchi va mablag‘lari evaziga qurib bitkazildi.
Pechning deyarli barcha detallari mahalliylashtirish dasturi asosida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida tayyorlandi.
Bugungi kunda kombinatda ohakka bo‘lgan ehtiyoj sutkasiga 360 tonnani tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak yangi pechning ishga tushirilishi ehtiyojni to‘liq qondiradi. Bir sutkada ohak ishlab chiqarish 480 tonnaga yetkaziladi. Yiliga esa yangi pechda 85 ming tonna ohak ishlab chiqariladi.
Yangi pech to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, uning iqtisodiy samaradorligi yuqori sanaladi.
Gaz va elektr energiyasi sarfi ham to‘liq nazoratda bo‘lib, mahsulot sifati yuqori bo‘lishini ta'minlaydi. Mazkur pech jarayonda hosil bo‘ladigan changni ushlab qoluvchi zamonaviy aspiratsion tizimlar bilan jihozlangan.
Yana bir e'tiborga molik jihat ushbu pechning ishga tushishi natijasida 51 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: