"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish quvvatlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli investitsiyaviy loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xomashyo bazasini kengaytirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu strategik dasturlar korxona taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsiyaviy loyihalar doirasida infratuzilmani rivojlantirish va logistika jarayonlarini optimallashtirish maqsadida navbatdagi muhim obyekt foydalanishga topshirildi.
Xususan, “Qalmoqqir” koni “Markaziy” karyeri hududida Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasiga qarashli 21-sonli avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYOQSh) ishga tushirildi.
Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasi AYOQShlar xizmati boshlig‘i Vohidxon Rahmonovning ma’lum qilishicha mazkur yangi shahobchaning tashkil etilishi, birinchi navbatda, “Yoshlik” va “Qalmoqqir” konlarida kecha-yu kunduz faoliyat yuritayotgan ulkan texnologik transport vositalarining ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Endilikda ushbu maxsus texnikalarga tezkorlik bilan yoqilg‘i quyish imkoniyati yaratildi.
Avtogigantlarga kuniga 60 tonna yoqilg‘i quyish quvvatiga ega bo‘lgan yangi AYOQShning aynan kon hududining o‘zida, qulay joyda barpo etilganligi bir qancha iqtisodiy afzalliklarni taqdim etadi.
Jumladan, texnologik transportlar yoqilg‘i quyish uchun uzoq masofa bosib o‘tmaydi. Natijada, dizel yoqilg‘isi mahsulotini ortiqcha resurslarni sarflamagan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyib olish imkoniyati yaratildi.
Texnikalarning yoqilg‘i quyishga ketadigan vaqti keskin qisqaradi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidagi to‘xtalishlarning oldini oladi.
Yoqilg‘i mahsulotlarini kon hududining o‘zida yetkazib berish xavf-xatarlarni minimallashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, kombinatning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan islohotlar fonida 21-sonli AYOQShning ishga tushirilishi texnologik jarayonlarni yana-da barqarorlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida korxonaning energiya resurslari va qimmatli vaqtini sezilarli darajada tejashga zamin yaratadi.
Axborot xizmati