• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi temiryo‘l qo‘shimcha ma'dan qazib olish imkonini beradi

04 Dekabr 2023, 8:12 694

Kuni kecha Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi tomonidan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida “Qalmoqqir” konidagi mavjud uch izli temiryo‘lni qayta qurish ishlari yakunlandi.

Ushbu temiryo‘l qurilishining loyihasi Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan tayyorlandi.

“Razvyazka” stansiyasida uch yo‘lli temiryo‘l qurilishi ishlari 2023-yilning birinchi choragida boshlangan bo‘lib, 4,2 km uzunlikdagi ushbu temiryo‘l “Qalmoqqir” konining shimoliy bortini kengaytirish maqsadida qayta barpo etildi. Temiryo‘lga 8 komplekt strelkali o‘tkazgichlar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, aloqa tarmog‘i va ta'minot liniyalarini qurish bo‘yicha loyihaga muvofiq, 133 komplekt kontakt tarmoqlari tayanch ustunlari va tayanch ustuni asoslari o‘rnatildi. 8,5 km ta'minot va aloqa simlari tortildi. Yangi temir yo‘l ishga tushirilishi natijasida eski temiryo‘l joylashgan maydondan ma'danlar qazib olinadi.

Mazkur uch izli temiryo‘l qurilishiga 17,8 miliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Temiryo‘l qurilishi ishlari STTB hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Ushbu temiryo‘lning qurilishi qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 3 mln m kub hajmdagi ma'dan qazib olish imkonini beradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech