• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi texnika vositalari yuqori ish unumdorligini ta'minlaydi

18 Yanvar 2024, 8:13 1644

Xabaringiz bor, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini ishga tushirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilayapti. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.

Kuni kecha “Yoshlik-1” koniga transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan Texnologik transport boshqarmasi texnoparki yangi texnologik transport vositalari bilan boyidi.

TTB boshlig‘ining transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Niyazmetovning ma'lum qilishicha, loyiha doirasida 2 dona KRANTAS NMT 240 rusumli avtosamosval olib kelindi. Bu yil yana 3 dona ushbu avtogigant olib kelinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu samosvallarning yuk ko‘tarish quvvati 240 tonnani tashkil etib, transport vositasi to‘liq takomillashtirilgan. E'tiborlisi, ushbu avtosamosvallar mahalliylashtirish dasturi asosida "NURAFSHON-MAXSUS-TEXNIKA" MChJda ishlab chiqarilmoqda. Ushbu zamonaviy avtogigantlar hozirda TTB texnoparkida yig‘ilmoqda. Mazkur avtosamosvallardan foydalanish bo‘yicha 25 nafar malakali haydovchilarni o‘qitish ishlari ham tashkil etilgan.

Shuningdek, 2023-yilning oxirida TTB texnoparkiga 6 dona maxsus LGMG MS25 rusumli suv sepish transport vositalari ham keltirildi. Ushbu transport vositalaridan kon yo‘llariga suv sepib changni bostirishda foydalaniladi. Bundan tashqari, 2 dona shina o‘rnatidigan manipulyatorlar ham olindi. Manipulyatorlar avtogigantlarning ta'mirlash jarayonini sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, Avtomobil transport boshqarmasi texnoparkiga 60 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega avtokran olib kelindi. Ushbu avtokran poytaxtimizdagi “Krantas” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning afzalligi ikkita avtokranning o‘rnini bosadi.

Ma'lumot uchun: 2020-2021 yillarda “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi” doirasida 31 ta 220 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan “BelAZ” rusumli avtosamosvallar keltirilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy transport vositalari yuqori ish unumdorligini ta'minlashi shubhasiz.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech