• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi texnologik uskunalar yuqori mehnat samaradorligini ta'minlamoqda

23 Sentyabr 2024, 16:38 321

Prezidentimizning 2018-yil 30-sentyabrdagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ishlab chiqish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Mis boyitish fabrikasida keng qamrovli rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Mis boyitish fabrikasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturga ko‘ra, Yanchish va flotatsiyalash sexining 2-sonli uchastkasidagi 25- va 26-sonli tegirmonlar kapital ta'mirlanib, ularga NGSU gidrosiklon nasos qurilmalari o‘rnatildi. Ushbu tegirmonlarning diametri 5 metr bo‘lib, ular soatiga 160 tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega.

Uchastka katta ustasi Ahmadjon Yunusovning ta'kidlashicha, mazkur tegirmonlarga o‘rnatilgan yangi gidrosiklon nasos qurilmalari rudani yanchish jarayonidagi 0,071 mm fraksiyadagi yanchilgan mahsulotning miqdorini hozirgi 60% dan 70%gacha ko‘tarish imkonini bermoqda.

To‘liq raqamlashtirilgan gidrosiklonlar flotatsiya jarayoniga yetkazilayotgan bo‘tananing yanchilish darajasi oshishiga, bu o‘z navbatida falotatsiya jarayonining sifatli amalga oshirilishiga olib kelmoqda. Avvallari tegirmon mashinistlari jarayonlarni qo‘lda boshqargan bo‘lsa, endilikda maxsus dastur yordamida jarayonni amalga oshirishadi. Nasos gidrosiklon qurilmasi paneli orqali nasosning ishlash quvvati, rudaning zichligi, bosimi kuzatib boriladi.

So‘nggi yillarda fabrikada bunday rekonstruksiya ishlari to‘xtovsiz davom etib kelmoqda.

Fabrikada amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarining ham salmoqli hissasi bor.

Yangi o‘rnatilgan texnologik uskunalar fabrikada yuqori mehnat unumdorligini ta'minlashi shubhasiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech