• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi texnologiya yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta`minlaydi

12 Iyun 2024, 10:17 856

....Shtolnyalar, kvershlaglar, shtreklar, proseklar, ortlar va tonnellar gorizontal kon lahmlari bo’lib, ularning ba’zilari konni ochuvchi, ba’zilari esa konni qazishga tayyorlovchi lahmlar hisoblanadi. Aynan ana shu lahmlarda ish sur’atlarini oshirish va kon qazib olish ishlari samaradorligiga erishish maqsadida Angren kon boshqarmasi Qizil olma koni mutaxassislari o’ziga xos tashabbusni ilgari surishib, ishlab chiqarishga tatbiq etishdi.
Ma’lumki foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish jarayonlarida tayyorlov-kesim ishlarining intensivligini, tog’-kon o’tish ishlari sura’tini oshirish, mustahkamlash ishlariga ketayotgan vaqt va materiallar sarfini keskin kamaytirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. O’tishlardagi past ko’rsatkichlar mustahkamlash ishlarini olib borishdagi yuqori xavf-xatarlar inobatga olinib, lahmlarni mustahkamlashda yangi texnologiyani joriy etish eng maqbul uslub sifatida ko’rildi.
Shaxtalar, konlar lahmlari bortlari va shift qismlarini xavfsizlantirish, mustahkamlash maqsadida ATF quvurli anker mustahkamlovchisi qo’llanishi so’ngi yillarda ommalashib bormoqda. Amalda kon lahmining bir pogonometrini mustahkamlash o’rtacha 8 million so’mga tushayotgan bo’lsa, ankerli mustahkamlagichlar qo’llanilishi bu sarf –harajatlarning ikki barobarga qisqartirilishiga olib keldi. Po’lat quvurli sterjen(o’zak)ning shpurga kiritilishi, anker sim to’rining o’rnatilishi va tutib turuvchi qismini o’zaro bog’liqlikda bortlar va shiftlarga o’rnatish qo’shimcha mexanizatsiya vositalarini talab qilmaydi. Ko’p qo’l mehnati sarflanmaydi, eng asosiysi vaqt tejaladi. Ankerli mustahkamlagichlarni joriy etishdan oldin lahm o’tuvchilarga o’quv kurslari tashkil etilib, ankerli mustahkamlagichlarni o’rnatish texnologiyalari va bosqichlari borasida tushunchalar berildi. Yil boshidan yangi texnologiya qo’llanila boshlandi. Mazkur yangilik Qizil-olma koni ishlab chiqarish ko’rsatkichlari keskin o’sishida ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Jumladan, yil boshidan beri kon-tayyorlov ishlari 109%ga, kesim o’tish ishlari 111%ga, Tozalash-kesim ishlari 109% ga ortig’i bilan uddalandi. Rudalarni qazib olish rejasi yilning o’tgan 5 oyi mobaynida 108,5%ni tashkil qildi. Qazib olingan rudalarda birinchi va ikkinchi metallning tarkibiy miqdori mos ravishda 101,5% va 108,7% ni tashkil qildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech