• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi tizim - OKMK sement zavodlarida yuqori samaradorlikni taʻminlaydi

17 Iyun 2022, 14:15 2282

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi doirasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yaqinda “Olmaliq KMK” AJning sement korxonalarida “Tayyor mahsulotni yuklash jarayonini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish tizimi”ni joriy etish ishlari yakunandi.

- Tizim tayyor mahsulotlarni yuklash, mavjud texnologik va biznes jarayonlarini tezkorligini oshirish, avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun moʻljallangan texnik dasturiy va apparat vositalarining yigʻindisi hisoblanadi,- deydi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasining texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish xizmati boshligʻi Zarifjon Alimov.

- Avvalari, mahsulot yuklash jarayonida inson omili, bir qator qogʻoz hujjatlar, tushunmovchiliklar va xaridorlar orasida tartibsiz navbatlar vujudga kelgan. Zamonaviy tizimning joriy etilishi esa bir qator qulayliklarga sabab boʻldi. Mijoz zavodning savdo-sotiq boʻlimiga tashrif buyurib, hujjatlarni rasmiylashtiradi va shtrix kodga ega boʻladi. Aynan shu yerning oʻzida elektron navbat ham shakllanadi.  Shundan soʻng, xaridor nazorat oʻtkazish joyida shtrix kodini skanerdan oʻtkazadi, hujjatlar toʻgʻri boʻlsa, kirish uchun ruxsat oladi. Soʻnggi bosqich yuklash jarayoni hisoblanadi. Bunda ham shtrix kodning oʻzi kifoya qiladi. Eʻtiborli tomoni, tizimning oʻzi Savdo-sotiq boʻlimida rasmiylashtirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda mahsulotlarni avtotransport yoki temiryoʻl transport vositalariga yuklanadi.  Natijada yuklash hujjatlarini tezkor qabul qilish imkonini yaratilib, xizmat koʻrsatish tezligi 2 barobarga oshirildi.

Bundan tashqari, avtotransport va maxsus yuklash vositasi hamda temiryul trasportining davlat raqamini, tizim video tasvirga olib shtrix kod bilan solishtirib boradi. Yuklash jarayoni ham toʻliq videokuzatuv ostida kechadi.

Ta’kidlab o’tish joizki, bu kabi dasturiy ta’minot OKMKda ilk marotaba qo’llanilmoqda . U avval mavjud bo’lgan tizimlardan qulayligi va bir qator afzaliklari bilan ajralib turadi hamda juda samarador.

Jizzax sement zavodida nafaqat yangi dasturiy ta’minot, balki yuk-o’lchov quvvati 100 tonnani tashkil etadigan zamonaviy elektron tarozi ham ishga tushirildi. “Kemek Engineering” kompaniyasining ikkita har birining vazn o’lchash quvvati 100 tonnani tashkil etuvchi yuqori aniqlikdagi avtomobil ortotip turidan bo’lib, ular yuqori aniqlikda ishlaydi.

Sement zavodlaridagi tayyor mahsulotni yuklash jarayonini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish tizimi nafaqat ishchi-xodimlar uchun balki, mijozlarga ham qulayliklar yaratadi.

Mazkur tizim yuklab joʻnatilayotgan mahsulotning aniq hisobini olib borishi bilan birga jarayonlarning shaffofligini ham ta’minlaydi. Bu esa ishlab chaqaruvchi hamda mijoz oʻrtasidagi ishonchni oshiradi.

Raqamlashtirishi borasida oʻtgan 5 oyda OKMKda 14 loyiha yakunlangan boʻlib, ulardan, elektron hujjat aylanish  va elektron pochta tizimlari takomillashtirildi. Kon-geologik kompleks axborot tizimini dasturiy ta’minoti oʻrnatildi. Transport GPS monitoringi  va yonilgʻi nazorati tizimi funksiyalari kengaytirildi.

Bundan tashqari, 2022 yil yakuniga qadar kombinatda raqamlashtirish doirasida jami 60dan ziyod loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Angren kon boshqarmasida “Togʻ-kon dispetcheri” tizimi, “Yoshlik-I” va “Qalmoqqir” kon-transport kompleksning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, shuningdek Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Xondiza kon boshqarmasi, Angren kon boshqarmasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modernizatsiya loyihalari joriy etiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech