"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov kombinat mas’ullari hamda mutaxassislari bilan birgalikda Mis boyitish fabrikasida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari bilan tanishishdi.
Tashrif davomida A.Xursanov Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexining molibden boʻlimidagi amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, boʻlimda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar bilan samimiy muloqot qildi.
Kombinatning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturiga binoan mazkur boʻlimning aspiratsion-ventilyatsion tizimlari toʻliq yangilandi.
Rekonstruksiya ishlari davomida boʻlimga energiya sarfi kam va unumdorligi yuqori boʻlgan yangi zamonaviy uskunalar oʻrnatildi. Tizimlarni ishga tushirish va ishlash samaradorligini nazorat qilish ishlari amalga oshirildi. Tutun soʻrgʻichlar, oʻqli ventilyatorlar, eski oqim tizimi kabi eski uskunalar demontaj qilindi. E’tiborga molik jihati shundaki boʻlimga oʻrnatilgan sovutgichlar, ventilyator tizimlari, tozalash uskunalarining hammasi plastikdan tayyorlangan boʻlib, ularning yaroqlilik muddati 50 yilni tashkil etishi bilan ajralib turadi. Avval bu uskuna va tizimlar metalldan tayyorlangan boʻlib, ular har 3 oyda almashtirilishi natijasida koʻp mablagʻ sarflangan. Yana bir diqqat molik jihati shundaki, boʻlimga oʻrnatilgan uskuna va jihozlar ekologik xavfsiz boʻlib, OKMK va Germaniya bilan tashkil etilgan “DIT-AGMK” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan. Yangi uskunalar ishonchliligi, energiya samaradorligi va sanitariya xavfsizligi boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradi hamda kombinat ishlab chiqarish bazasini modernizatsiya qilish boʻyicha strategik maqsadlarga erishishga yordam beradi.
Rekonstruksiya doirasida boʻlimga jami boʻlib 9ta aspiratsion tizim, 25ta sovutish qurilmasi va 48 ta deflektorlar oʻrnatildi.
Amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari natijasida boʻlimda soatiga oʻrtacha 75 kVt elektr energiyasi tejalib, yiliga 650-660 mln soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.
Ishchi-xodimlar bilan oʻtkazilgan muloqot davomida A.Xursanov kombinat tarkibiy boʻlinmalarida amalga oshirilayotgan bu kabi rekonstruksiya ishlari yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashini ta’kidlab, fabrika mehnat jamoasiga ulkan marralarni zabt etishlarini tilab qoldi.
Axborot xizmati