"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33So‘nggi yillarda yurtimizda atrof-muhitni asrash, sanoat korxonalarida “yashil texnologiyalar”ni joriy etish borasida loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. 2026-yil uchun mo’ljallangan davlat dasturida ekologik muvozanatni mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida atrof-muhitga chiqindi tashlamalarini kamaytirish, havoga zararli moddalar tarqalishini cheklash hamda zamonaviy tozalash tizimlarini tatbiq etish keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilyapti.
Ushbu yo’nalishda OKMKning Rux zavodida samarali ishlar tashkil etilmoqda. Prezidentimizning 3454-sonli qarori ijrosi doirasida 2018-yildan boshlab har bir sex bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinib ishlab chiqarish jarayonlari takomillashtirilyapti. Xususan, rux keklari va import qilingan oksidli sanoat mahsulotlarini qabul qilib qayta ishlovchi asosiy bo’linma - Velslash sexi keng qamrovli rekonstruksiya ishlaridan chetda qolmadi. 2026-yil fevral oyidan ushbu sexda demontaj ishlari boshlangan bo’lib, amaldagi 50 yildan ortiq foydalanilgan hamda manan eskirgan URFM rusumli chiqindi gazlar tarkibida zararli moddalarni atmosferaga chiqarilishining oldini oluvchi uskunalar o’rniga zamonaviy, to’liq avtomatlashtirilgan filtlarning o’rnatilishi ko’zda tutilgan.
1972-yilda foydalanishga topshirilgan, 57 804 kvadrat metr maydonni egallagan ushbu yirik sex tarkibida 4 ta, filtrlash-quritish, kek ombori hamda shixta tayyorlash, pechlar, oksidni ushlab qolish va kuydirish bo`limlari mavjud. Sexning asosiy jihozlari — quritish barabanlari, diskli vakuum-filtrlar, velts pechlari, qopli filtrlar, ikkita aylanuvchi kuydirish pechi va boshqa uskunalardan iborat.
Modernizatsiya va texnologik yangilanishlar natijasida ushbu sexga yangi filtrlarning o‘rnatilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalarning atmosferaga chiqishini keskin kamaytirish, texnologik jarayonlarning uzluksiz va barqaror olib borilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, qo‘l mehnati qisqarib, ishchi-xodimlar uchun yanada qulay va xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi.
OKMK Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’limi boshlig’I Davronbek Abdurahmonov: - Hozirgi kunda asosiy maqsadimiz ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan birga, jahon ekologik standatlariga to`liq mos keluvchi zamonaviy chiqindisiz va kam chiqitli texnologiyalarni joriy etishdir. Xususan, Rux zavodi Velslash sexida o‘rnatilayotgan yangi avlod yengli filtrlarining samaradorligi yuqori bo‘lib, chang-gazlarni ushlab qolish darajasi 99,5 foizni tashkil etadi. Bu uskunalar nafaqat atmosferaga chiqarilayotgan tashlanmalarni keskin kamaytiradi, balki qimmatbaho xom ashyoni qayta ushlab qolish va ishlab chiqarishga qaytarish imkonini ham beradi.
Hozirda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan sexda demontaj ishlari amalga oshirilmoqda. Zamonaviy filtrlarni o‘rnatish va montaj qilish ishlari esa Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi tomonidan bajariladi.
Bugungi kunda Velslash sexi jamoasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirgan holda mahsulot tannarxini pasaytirishdir. Shu maqsadda korxonada texnologik jarayonlarni yanada optimallashtirish, energiya tejamkor uskunalardan foydalanib, modernizatsiya ishlarini izchil davom ettirish rejalashtirilgan.
Axborot xizmati