• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi zavod megaloyihani amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi

22 Sentyabr 2022, 8:29 1868

Yangi zavod megaloyihani amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mega loyiha sifatida e’tirof etilayotgan “Yoshlik-1” investitsiyaviy loyihasi doirasida bir qator obyektlar qurilmoqda. Mazkur megaloyiha ishga tushishi bilan oʻz-oʻzidan ishlab chiqarish quvvatlari oshib, texnologik jarayonda muhim ahamiyat kasb etuvchi emulьsion portlatish materiallariga ham talab oshadi. Rudalarning boʻlaklanishi va yangi  ustuplar(kon qazish ishlari bevosita olib borilayotgan joy)ni ochish, oʻzlashtirish, kon-qazib olishlari samaradorlikda olib borilishiga zamin yaratib beradi. Emulsion portlatish vositalari yordamida portlatish ancha iqtisodiy samarador texnik yechim hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2019 yil 10 oktyabrdagi bayonnomasi topshirigʻiga binoan “Olmaliq KMK” AJ joriy faoliyatini samarali tashkil etish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish belgilangan edi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2019 yil 14-oktyabrdagi topshirigʻiga koʻra, “Yoshlik-1 konini kompleks oʻzlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Portlatish materiallari zavodida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur modernizatsiya ishlari natijasida zavod bazasida yangi zamonaviy yana bir ishlab chiqarish quvvati qad rostlaydi.

Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlarida tasdiqlangan rejaga asosida portlatish ishlarini bajarish maqsadida barpo etilayotgan yangi zavodda elektr, suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish, bugʻ generator uskunasi va mavjud emulьsiya ishlab chiqarish tizimini yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda kombinat tarkibida Portlatish materiallari zavodi faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur korxona tomonidan Qalmoqqir koniga emulsion portlatish materiallari yetkazib beriladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, “Yoshlik-1 koni” investitsiyaviy loyihasi doirasida ayni kunlarda yangi emulsion portlatish materiallari zavodini qurish ishlari yakunlanish arafasida.

PMZ direktori Ulugʻbek Teshaboyevning ma’lum qilishicha yangi zavodning qurilish ishlariga 2020 yil avgust oyida start berilgan boʻlib, zavod 2022 yilning dekabr oyiga topshirilishi koʻzda tutilgan. Hozirda montaj ishlari olib borilmoqda.

Mazkur zavod, zamonaviy standartlarga javob beradigan, universal koʻrinishdagi, mahalliy komponentlardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqaradigan zavod boʻladi. Zavodda yashil energetikada foydalaniladi. Buning uchun quyosh fotoelektr stantsiyasi ham barpo etilib, ushbu stantsiya zavodni elektr energiyasiga boʻlgan talabini qondiradi. Natijada mahsulot tannarxi ham, portlatish ishlarining umumiy narxini ham tushirilishga erishiladi.

Kombinatda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish siyosati yangi zavodda ham joriy etiladi. Bu esa yuqori xavfsizlikni ta’minlaydi, inson omilisiz ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Har bir bosqich nazorati monitor orqali bajariladi.

Yana bir muhim jihat yangi texnologik ishlab chiqarish obyektini zarur boʻlgan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilinmoqda. Kombinatda amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi asosida zavodga zarur boʻladigan texnologik sigʻimlar kompleksi “TPNSU” MCHJ tomonidan tayyorlab berildi. Natijada ushbu sigʻimlarning xorijdagi narxiga solishtirilganda 2,1 mln dollar miqdorida valyuta tejalishiga erishildi.

Shuningdek, yana ahamiyatga molik jihat kombinat konlarida portlatish ishlarini olib borishda portlovchi materiallar ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyoj doimiy ravishda oʻsib borishini barobarida zarur kimyoviy komponentlarga boʻlgan ehtiyojlar ham oshib bormoqda.

Bu ishlar natijasida yillik ishlab chiqarish quvvatlari ham bir necha barobarga oshishi kutilmoqda. Bu esa zarur miqdordagi kimyoviy reagentlar, shu jumladan, ammiakli selitra bilan ta’minlashni talab qiladi.

Ammiakli selitra portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan noorganik kimyoviy modda hisoblanadi. Ammiakli selitrani tashish Maksam-Chirchiqdan “Oʻzbekneftgaz” AJdan ijaraga olingan, xizmat muddati tugayotgan vagon-sisternalar yordamida amalga oshirib kelinar edi. Kimyoviy reagentlarga boʻlgan talabning ortishi, shuningdek, valyuta mablagʻlarini tejash maqsadida kombinat rahbariyati tomonidan ammiakli selitrani tashish uchun moʻljallangan vagon-sisternani mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

2021 yilning oxirida temir yoʻl transporti va logistikasi boʻlimi va PMZ mutaxassislari Andijon mexanika zavodi vakillari bilan birgalikda tsisterna ishlab chiqarish uchun zarur texnik qaror oʻrganib chiqildi. Va fevral oyida 2 dona ushbu vagon sisterna Oʻzbekistonda ilk bora ishlab chiqarildi. Hozirda ushbu vagon-sisternalarning 7 donasini xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Shuningdek, kombinat rahbariyatining qaroriga koʻra, “Yoshlik-1 koni” investitsiyaviy loyihasi doirasida birinchi bosqichda 25dona bu kabi vagon-sisternalarni xarid qilish belgilangan.

Bir soʻz bilan aytganda, yangi portlatish materiallari ishlab chiqarish zavodi  “Yoshlik-1” koni megaloyihasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech