Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yashil energetika” barqaror iqtisodiy taraqqiyot garovi

26 Iyun 2025, 10:32 917

Joriy yilning 25-iyun kuni Mis eritish zavodida zavod direktori Baxtiyor Vaqqosov boshchiligida ishchi-xodimlar ishtirokida keng qamrovli yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor mamlakatimizda tobora jadallik bilan rivojlanayotgan yashil energetika yo‘nalishiga qaratildi.

Xususan, aholining xonadonlariga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar, imtiyozlar va iqtisodiy afzalliklar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek zavod faoliyatida ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, energiyani tejash, resurslardan oqilona foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Zavod rahbariyati tomonidan ushbu yo‘nalishlarda yangi g‘oya va takliflarni faol ilgari surish lozimligini ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tib, qatnashchilar o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.

Nosirbek Abduraximov,

MEZ Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech