Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yashil energetikaga o‘tish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va bu orqali ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tannarxini tushirish bugungi kunda ustuvor vazifa sanaladi.
Ayniqsa, qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishning 97 foizi quyosh energiyasi ulushiga to‘g‘ri keladi. Yurtimiz tabiatida quyoshli kunlarning ko‘pligi ham quyosh energiyasidan foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Joriy yilning 3-may kuni Rux zavodida foydalanishga topshirilgan 1-sonli maishiy bino va elektrolit sexi bo‘linmalarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi quyosh fotoelektr stansiyasi ham yuqoridagi fikrlarimizning amaldagi ifodasidir.
Ushbu ob'yektning ochilish marosimida OKMK bosh energetigi Uzeir Ablyayev ishtirok etib, tadbirda ramziy lenta qirqildi va quyosh fotoelektr stansiyasi rasman o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu stansiyada 364 dona fotoelektrik panellar o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy quvvati soatiga 200 kVtni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun Rux zavodida 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati soatiga 500 kVtni tashkil etadi. Ushbu stansiyalar yiliga taxminan 800 ming kVtgacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa elektr energiyasi xaridini ahamiyatli darajada kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tushirish imkonini beradi.
Axborot xizmati