"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Dunyoda rivojlanishning bugungi bosqichida energiyaga bo‘lgan talabning ortishi, energiya narxlarining doimiy oshib borishi tufayli zamonaviy, ekologik toza, energiya tejamkor texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiyalardan foydalangan holda yashil energetikani rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda quyosh energiyasidan foydalanishga aholining qiziqishi ortib borayapti. Quyosh energiyasi texnik tomondan qulay, atrof-muhitni mutlaqo ifloslantirmaydigan yagona energiya manbai hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqat rivojlangan davlatlar, balki rivojlanayotgan davlatlarda ham quyosh energiyasidan foydalanishga katta e'tibor berilmoqda.
Yashil energetika mavzusi bo‘yicha kombinat tarkibiy bo‘linmalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 2-Mis boyitish fabrikasida tashkil etildi. Energiya resurslari tejamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni iqtisod qilish masalalari muhokama etilgan tadbirda 2-MBF bosh energetigi Davron Ahmedov hamda quyosh fotoelektrstansiyalarini o‘rnatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda quyosh panellarining turlari, ishlash tartibi, qulayliklari ishchi-xodimlarga to‘liq tushuntirildi. Bizga bu haqda 2-MBF yoshlar ittifoqi raisi Umid Tursinboev xabar qilmoqda.
Bu kabi tadbir Mis eritish zavodida ham tashkil etildi.
Tadbirda quyosh fotoelektrstansiyalarini o‘rnatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot vakillari taqdimot o‘tkazishdi. Unda quyosh panellari bo‘yicha batafsil ma'lumot berib o‘tildi. Quyosh panellari orqali nafaqat elektr energiyasiga bo‘lgan talab qondiriladi, balki undan qo‘shimcha ravishda daromad qilish mumkinligi ham tushuntirildi. Bizga bu haqida MEZ yoshlar ittifoqi raisi Nosir Abdurahimov xabar bermoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 6-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt/soatni tashkil qildi. Bu butun 2024-yilgi ko‘rsatkichdan ham kattaroqdir. Ta'kidlanishicha, bu o‘tgan vaqt mobaynida kuniga o‘rtacha 26,7 mln kVt/soat elektr energiyasi quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olindi, deganidir.
Tadbirlarda ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Axborot xizmati