"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda kombinatda nafaqat ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga oshirish, balki texnologik jarayonni to‘xtatmagan holda sohani to‘liq modernizatsiya qilish orqali tabiatga salbiy ta’sirni minimallashtirish ustida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi islohotlarning yorqin namunasini Rux zavodi misolida ko‘rish mumkin.
Xususan, zavodning Velslash sexida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari doirasida eski uskunalar to‘liq zamonaviy, energiya tejamkor va yuqori samarali press-filtrlar bilan almashtirilmoqda. Hozirga qadar 4 ta zamonaviy press-filtrlar o‘rnatilib, ish jarayoniga to‘liq joriy etildi, 2 ta yangi qurilmani o‘rnatish ishlari yakuniy bosqichda.
Sexdagi ushbu yangi uskunalar 2025-yil davomida Tanlab eritish sexini yuqori sifatli toza rux filtrati bilan uzluksiz ta’minladi. Bu esa rux metalli va quritilgan rux bo‘tanasi ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilishiga xizmat qildi.
Shuningdek, jarayonga yangi press-filtrlarning qo‘llanilishi atmosferaga chang chiqindilari chiqishini to‘liq to‘xtatdi. Bu nafaqat havo tozaligini ta’minlaydi, balki chang bilan birga ruxning yo‘qotilishiga ham chek qo‘ydi. Shuningdek, tabiiy gazning ishlatilishi ham butkul tugatilib, SO2(uglerod dioksid) atmosferaga tashlanishi to‘xtatildi.
Yangi texnologiyalar xom ashyoni chuqurroq qayta ishlash, namlikni kamaytirish (16-20% gacha) va foydali komponentlarni maksimal darajada ajratib olish imkonini bermoqda. Eng muhimi, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan zararli tashlama gazlar va chang chiqindilarining to‘liq bartaraf etilishi hududning ekologik holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yana bir muhim jihat yangi uskunalar avtomatlashtirilgan va energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi. Eski uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining qisqarishi hisobiga yiliga 570 million so‘mdan ziyod mablag‘ iqtisod qilinmoqda.
Ma’lumot uchun zavodda ayni paytda yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonna bo‘lgan yangi 6-sulfat kislotasi sexini ham qurish ishlari jadal ketmoqda. Ushbu sexning ishga tushirilishi natijasida sexdan atmosferaga chiqariladigan tashlamalarga to‘liq barham beriladi.
Xulosa qilib aytganda, Rux zavodida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha OKMKning 2026-yildagi strategik rivojlanish rejasining uzviy qismidir. Bu nafaqat ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqish, balki kelajak avlod uchun tabiatni asrash yo‘lidagi muhim qadamdir.
OKMK Axborot xizmati