"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Yer yuzidagi jiddiy ekologik muammo - iqlim o’zgarishi dunyoning barcha mamlakatlarini bu haqda chuqurroq oʻylashga da’vat etmoqda. O’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra, 1970 yildan buyon dunyoda yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foiz qisqargan. Har yili 11 million gektar tropik o'rmon kesilmoqda. Yoʻqotishlar oʻsimliklar dunyosini tiklash ishlariga nisbatan 10 barobar koʻp. Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid gazlarining chiqarilishi dunyo okeanidagi suv sathining ko'tarilishiga sabab boʻlmoqda. Ona tabiatga ziyon yetkazayotgan bu kabi ayanchli holatlarning oldini olish maqsadida yurtimizda Yashil makon umummilliy loyihasi joriy etilgan bo’lib, mazkur xayrli tashabbusda OKMK ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Olmaliq shahrining asosiy koʻchalaridan sanoat hududi tomon ketuvchi yo’l atroflari kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirib, manzarali daraxt va gul koʻchatlari ekildi. Mutasaddilar tomonidan maxsus idishlar o’rnatilib, tomchilatib sugʻorish tizimi ham yoʻlga qoʻyildi.
Bundan tashqari, ayni kunlarda 2- va 3-mis boyitish fabrikalarini tutashtirib turuvchi hududda koʻrkam bogʻ yaratilmoqda.
Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida mazkur hududda “Olmaliqmetallurggqurilish” tresti ishchi-xodimlari tomonidan obodonlashtirish va yoʻl qurilish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bu esa nafat kombinat mehnatkashlari balki shu yerda yashovchi aholiga ham koʻplab qulayliklar yaratadi.
Avval bironta daraxt ekilmagan ochiq maydon bugungi kunda kombinat ishchi-xodimlari tomonidan yam-yashil so’lim maskanga aylantirilmoqda. Bogʻda 2000 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan. Shuningdek, bogʻda turli xil argʻimchoqlar, ertak qahramonlari oʻrnatilgan. Bogʻ joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan.
Yashil makon loyihasida faol ishtirok etish orqali nafaqat tabiatni, balki o‘z salomatligimizni, qolaversa, kelgusi avlodlar sog‘ligini ham saqlashga hissa qo‘shgan boʻlamiz. Bu borada kombinatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so’zlar ekanmiz, 2-mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi tomonidan barpo etilgan yashil belbogʻ(bulvar) haqida toʻxtalmaslikning iloji yoʻq.
2-MBF direktorining umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Saidazim Quvondiqovning maʻlum qilishicha, yashil belbogʻning uzunligi 1050 metr, eni 30 metrni tashkil etadi. Mazkur bogʻda turli xil mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, gullar ekilgan. Bundan tashqari, hozirda bogʻning yoʻlaklari ikki chetiga uzum koʻchatlari ekilishi va soʻrilar oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin 25−30 yil ichida dunyoda iqlim yanada issiqlashadi va ob-havo sharoiti keskinlashadi. Buning oldini olish maqsadida yerga qadalayotgan koʻchatlar esa musaffo kelajakni ta’minlovchi kichik qadamlar demakdir. Agar har bir fuqaro o’zining atrof-muhit muhofazasiga nisbatan mas’uliyatini his qilib, umummilliy loyihaning bir boʻlagiga aylansa, yer yuzidagi yashillik dunyosi yanada gullab-yashnashi shubhasiz.
Axborot xizmati