• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yashil makon loyihasi ijrosi OKMKda qizg‘in pallada

26 Noyabr 2024, 9:35 121

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hozirgi mavsum va kelgusi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilab olingan edi.

Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi. Vazirlik va hokimliklar 257 ta bog‘ barpo qilgan. Yirik sanoat korxonalari va chiqindi poligonlari atrofiga ham daraxtlar ekilib, “yashil belbog‘”lar tashkil qilinmoqda. 

Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ayni kunlarda Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi tomonidan atirgul qalamchalari ekilib, dub, kashtan va gul ko‘chatlari yetishtirishga tayyorgarlik olib borilayapti. MBF mehnat jamoasi tomonidan mavsum uchun rayhon(50 000 tup), petunya(34078 tup), gultojixo‘roz(1674 tup), xitoy archasi(10 000 tup), vinka(5000 tup ), shafran(10 ming tup), atirgul(3500 tup) kabi gul ko‘chatlari hamda dub(3500 tup), kashtan(3500 tup) daraxt nihollari parvarish qilinadi.

Kombinat temir yo‘lchilari ham mavsum uchun 800 tup uzum ko‘chatlari va 5700 tup terak ko‘chatlarini tayyorlashga kirishgan.

Shuningdek, Mis eritish zavodi mehnat jamoasi tomonidan terak qalamchilarini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mis erituvchilar mavsum uchun 82667 dona terak qalamchalarini tayyorlash belgilangan bo‘lib, shu kungacha 20 000 donadan oshiq qalamchalar tayyorlangan.  Hozirda yer tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizga yetdi.

Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida yurtimizda 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech