• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yashil makonda birlashaylik”

13 Noyabr 2023, 10:39 796

Joriy yilning 11-noyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekopartiya fraksiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida “Yashil makonda birlashaylik” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiyada OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Aminov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva hamda mahalliy Kengash deputatlari, Ekopartiya a'zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Aksiya ishtirokchilari dastlab, shahrimizdagi 19-umumta'lim maktabi hududida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Shuningdek, tadbir davomida aksiya ishtirokchilari Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga tegishli 20 gektar yer maydoniga 1000 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekishib, kombinat hududida “Yashil belbog‘” tashkil etilishiga oʻz hissalarini qoʻshishdi.  Har bir daraxtga nomi va ekkan mas'ul shaxsning ismi-sharifi yozilib peshlavhalar ilindi.

Tadbir yakunida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil qilishga yaqindan ko‘maklashgan Ekopartiya va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida ham hamkorlikda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech