Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK ishchi-xodimlarini sut va sut mahsulotlari bilan ta'minlashda kamarbasta bo‘lib kelayotgan Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining bo‘linmalarida yil davomida ishlar qizg‘in tusda olib boriladi. Sut-tovar fermasi qoramollari uchun qish mavsumiga zaxira ozuqasini g‘amlash maqsadida ayni kunlarda dalalarda yig‘im jarayonlari olib borilmoqda.
Fermadagi 924 bosh qoramol ozuqasi qishloq xo‘jaligi uchastkasi xodimlari tomonida uzilishlarsiz doimiy yetkazib beriladi. Avgust oyidan boshlangan zaxira ozuqalarini yig‘ish ishlari nihoyalanish arafasida.
Shuningdek, mazkur brigadaning yig‘im ishlari uchun 30 kishilik jamoa jalb qilingan bo‘lib, avgust so‘nggida yig‘ib olinishi kutilayotgan zaxira ozuqasi yuqori sifatga ega.
Dalalarda 6 ta brigada tomonidan ozuqa zaxirasi uchun olib borilayotgan ishlarning salkam 70 foizi nihoyalangan. Makka silosi uchun 5180 tonna reja qo‘yilgan bo‘lib, ishchilar shu kunlarda 10 ta tirkamali traktor hamda 2 ta o‘rim kombayni ko‘magida 3000 tonnadan oshiq hosilni yig‘ib olishgan.
O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik ishlov natijasida 165 gektar yerga ekilgan makka silosidan yuqori hosildorlik olinishi kutilmoqda.
Jumladan, o‘tgan yili kombinat mirishkorlari tomonidan "Agromarketing banduel" urug‘ini ekilib o‘rtacha 16-21 tonna hosil olingan bo‘lsa bu yil Turkiya davlati "Tareks" firmasining "TK6063" navli urug‘ini ekildi. Va gektariga o‘rtacha 46 tonnadan, ba'zi dalalardan 51-52 tonnadan hosil olindi.
Ta'kidlash kerakki, qoramollarning ozuqa zahirasi sifatida nafaqat makka silosi balki beda o‘simligi ham g‘amlab qo‘yiladi. Boshqarma tomonidan kelgusi yillarga qoramollarni 1 xil turdagi ozuqa bazasiga o‘tkazish rejalashtirilgan. IMIChB mehnatkashlarining sa'yi harakatlari bilan kombinat ishchilari uchun zarur bo‘lgan sut va sut mahsulotlarining sifatli yetkazib berilishi mehnat jarayonlarida ham unumdorlikni ta'minlaydi.
Axborot xizmati