Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 21-22 sentyabr kunlari Samarqand shahrida MDH davlatlarining “Yer qa'rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashning XXVI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus va Rossiya delegatsiyalari hamda Olmaliq kon-metallurgiya geologiya sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Tojikiston hukumati huzuridagi Geologiya Bosh boshqarmasi rahbari Oymuhammadzoda Ilhomjon Sulton Hukumatlararo kengashga raislik qiluvchi sifatida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Shuningdek, Hukumatlararo kengash raisligi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon va geologiya vazirligiga o‘tgani ma'lum qildi.
Sessiya davomida geologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, foydali qazilmalarning yangi noan'anaviy turlarini izlab topish, o‘zlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi bir masalalar bo‘yicha soha mutaxassislariing takliflari, sohadagi ilmiy izlanishlar, ishlanmalar, geologiya qidiruv ishlari nitajalari muhokama etildi.
Sessiyada bir qator kelishuvlar ham imzolanib, keyingi XXVII sessiya Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirildi.
- Nafisa Dulabova Tog‘-kon va geologiya vazirligi bo‘lim boshlig‘i, - Bugun sessiyani o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad aynan geologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha MDH davlatlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ma'lumot almashish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishdan iborat. Shuningdek, sessiyada birinchi navbatda yurtimiz bilan qo‘shni davlatlar chegara hududlarida geologik tadqiqotlarni birgalikda olib borish, texnogen jarayon yoki tabiiy ravishda hosil bo‘ladigan xavfli hududlarning oldini olish, aholi havfsizligin ta'minlash bo‘yicha hamkorlik qilish, geologiya sohasida olib boriladigan barcha hududiy masshtabdagi tadqiqotlar, mineral xom ashyo bazasini kengaytirish amalga oshirilayotgan zamonaviy tadqiqotlarni o‘rtoqlashish, laboratoriya analitik sohasida ham hamkorlik qilish bosh maqsadimiz.
Masalan, xalqaro standartlarni, laboratoriya analitka sohasini rivojlantirmasak foydali qazilmalarni to‘g‘ri baholay olmaymiz. Shuning uchun qo‘shni davlatlar bilan bu borada hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalarimiz ko‘p. Geologiya sohasi kadrlar masalasi birinich navbatda turadi. Kuchli geologlar kerak bo‘ladi. Buning uchun xorij tajribasini o‘rganish muhim sanaladi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlari bilan hamkorlikda geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz. Bu bo‘yicha xodimlarimiz Qirg‘izistonda ham bo‘lishib, dala sharoitidagi geologik qidiruv ishlarini, olingan namunalarni kuzatishdi. Kelishuvga erishilsa, qo‘shni davlatda ham geologiya qidiruv ishlarini olib boramiz. Nodir va kamyob metallarni izlab topish va ularni ajratib olib texnologiyasi bo‘yicha hamkorlik qilish, aniqlangan hududlarni kon darajasiga yetkazish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga hissa qo‘shishni ham maqsad qilganmiz. Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini oladigan bo‘lsak, kombinatda ham kon geologiya qidiruv ishlari borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘layapmiz. Bu bo‘yicha Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari geologiya xizmatlari hamkorlikda tadqiqotlar olib borish bo‘yicha qiziqish bildirishgan.
Ma'lumot o‘rnida: OKMK geologlarining asosiy vazifalaridan biri bu zaxiralarini ishlab chiqarishga jalb qilish va zaxiralar miqdorini ko‘paytirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kombinat Respublikamizning 5 ta viloyatlarida joylashgan 20 ga yaqin mis, oltin, kumush, rux, qo‘rg‘oshin, volfram, nodir metallar hamda noruda konlarida qazib olish ishlari va geologik o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Sohaning investitsiyaviy jozibadorligini hamda xalqaro investitsiyalar oqimini oshirish uchun xalqaro standartlarning hisobot shakllariga o‘tish talab etiladi. Xalqaro miqyosida tan olingan standartlar orasida ajralib turuvchi JORC kodeksida mineral qidiruv natijalari va ma'dan zahiralari to‘g‘risidagi ommaviy hisobotni qo‘llab bo‘yicha muayyan standart, tavsiya va prinsiplar mavjud. Shulardan kelib chiqib, 2018-yilda kombinat dunyoning nufuzli kompaniyalaridan biri SRK Consulting (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Kompaniyaning tajribali mutaxassislari bilan hamkorlikda OKMKning barcha konlarini JORC kodeksi asosida qayta tasniflash maqsadida ulkan ishlar bajarildi.
Masalan, “Olmaliq” loyihasi Qalmoqqir va Yoshlik-I ma'dan maydonlarida shu kunga qadar tarixiy geologik ma'lumotlarni tahlil qilish maqsadida umumiy hajmda 2 522 dona (920 752 p.m.) 1931-2022 yillarda burg‘ilangan quduqlar, shu jumladan 514 dona (248 153 p.m.) 2019-2022 yillarda burg‘ilangan quduqlar natijalari bo‘yicha ma'lumotlar bazasi 3D ko‘rinishdagi karkas va blok modellari yaratildi.
Mazkur ma'lumotlar asosida dunyodagi eng ishonchli geologik ma'lumotlar bazasini yaratish ishlari bilan shug‘ullanuvchi MaksGeo kompaniyasining Datashed va Logchief dasturiy ta'minotlaridan foydalanildi.
O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib OKMKda JORC kodeksi talablari asosida ish olib borish yo‘lga qo‘yildi va geologlarimiz hozirgi vaqtda mustaqil ravishda JORC talablari asosida dastlabki geologik hujjatlashtirish ishlarini zamonaviy planshetlarda raqamli tarzda bajarishmoqda.
Kombinat geologiya sohasida raqamla ma'lumotlardan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda GEOLIMS dasturiy ta'minoti ishlab chiqildi va hozirda amalga keng qo‘llanilmoqda.
Hozirgi kungacha Qalmoqqir va Yoshlik-1 birlashgan konining yon qanotlar va chuqur gorizontlarini o‘rganish maqsadida 4 bosqichda geologiya qidiruv ishlari amalga oshirildi.
Olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida olingan kerna namunalarini saqlash va xujjatlashtirish maqsadida jami 60 ming kerna yashiklarini saqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy ko‘rinishda va katta hajmdagi 2 ta kern saqlash ombori qurilib foydalanishga topshirildi.
Shuni aytish joizki olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida Qalmoqir va Yoshlik-1 birlashgan ma'dan konlari zaxira va resurslari qayta o‘rganib chiqildi va dunyodagi eng yirik ma'dan maydonlari sarasiga kiritildi.
Hozirgi kunda Olmaliq loyihasi (Qalmoqqir va Yoshlik 1) koni dunyodagi oltin-mis porfirli konlar bo‘yicha dunyoda:
- mavjud ma'dan resusrlari bo‘yicha 3 – o‘rinni;
- ma'dandagi mis miqdori bo‘yicha 6 – o‘rinni;
- ma'dan tarkibidagi oltin bo‘yicha 1 – o‘rinni egallamoqda.
OKMK Axborot xizmati