"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Istiqlolning bizga bergan eng katta imkoniyatlardan biri — dunyo tajribasini erkin o‘rganish va jahon maydonida o‘z so‘zimizga ega bo‘lishdir. Aynan mana shunday imkoniyatlar tufayli joriy yilning 5-15-iyul kunlari Chexiyaning Praga shahrida bo‘lib o‘tgan malaka oshirish dasturi davomida rivojlangan davlatlarning mehnat madaniyati, qonun ustuvorligi, shaharsozlik, ta’lim va ishlab chiqarish tizimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldik. Yevropaga amalga oshirilgan ushbu safar bizga ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish va kelgusidagi faoliyatimizda qo‘llash bo‘yicha muhim xulosalar chiqarish imkonini berdi.
Ayniqsa, xorijda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar e’tiborga loyiqdir.
Shuningdek, xorij tajribasini bevosita kuzatish orqali yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyatini yana-da chuqur angladik. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, munosib mehnat qilishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar rivojlangan davlatlar tajribasi bilan to‘la hamohang ekaniga guvoh bo‘ldik.
Bugungi Yangi O‘zbekistonda inson qadri, ayolga bo‘lgan hurmat va e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu esa har birimizga yuksak mas’uliyat bilan mehnat qilish, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish vazifasini yuklaydi.
Ushbu safardan olgan bilim va tajribalarimizni amaliyotga samarali tatbiq etish, ayniqsa, xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini yana-da oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘lida astoydil xizmat qilamiz.
Xorijni ko‘rib, bir haqiqatni yana bir bor yurakdan his qildik: Vatanning qadri o‘zga yurtda yana-da teranroq bilinar ekan. Biz uchun eng aziz va muqaddas maskan — bu tinch, osoyishta va izchil taraqqiy etayotgan O‘zbekistonimizdir. Uning ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish biz uchun eng yuksak sharaf va oliy mas’uliyatdir.
Malohat Dostova,
Mis boyitish fabrikasi Xotin-qizlar va
gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi