• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilarga bag‘ishlangan amaliy seminar

24 Fevral 2025, 12:40 373

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik korxonalarda xalqaro standartlar asosida o‘tkaziladigan audit turlari, “Masofaviy audit” ATdan foydalanish imkoniyatlari hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali boshqarish omillari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yirik korxonalar rahbarlari, ichki audit, moliya-iqtisod, komplayens nazorati va xavflarni boshqarish bo‘linmalari masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Jumladan, ushbu tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbaryati va masu’ullari ham qatnashdi.

Seminarda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik korxonalarda xalqaro standartlar asosida o‘tkaziladigan audit turlari, "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni samarali joriy etish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, kapital qurilish ishlarini amalga oshirish tartiblari, biznes-rejalarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Seminar doirasida Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi va uning doirasida  amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi imzolandi.

Hamkorlik doirasida birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga chora-tadbirlarni oshirish, axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, davlat xaridlari sohasida qonunchilik ijrosini ta’minlash tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va o‘zaro almashish va boshqa choralarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu