Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yoshlar OKMKning Muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishtirildi

30 Mart 2026, 13:8 31

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida keng qamrovli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, hududlarda tashkil etilayotgan uchrashuv va tadbirlar o‘g‘il-qizlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy mutaxassisliklarga jalb etishda muhim o‘rin tutyapti.

Ana shu tashabbuslar doirasida joriy yilning 25–26-mart kunlari Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori Rasul Matxalikov va uning o’rinbosari, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari tomonidan mahallalarardagi uyushmagan yoshlar kombinatning Muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishtirildi.

Dastlab mutasaddilar tomonidan bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, davlatimiz rahbari tomonidan har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi, bu orqali ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechimlar topishga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish hamda doimiy ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar alohida qayd etildi. 

Tadbir davomida yoshlar Muhandislik maktabining o‘quv-amaliyot xonalari bilan yaqindan tanishtirilib, muassasada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion dastgohlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, ular amaliy mashg‘ulotlar jarayonini bevosita kuzatishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi.

OKMKning Muhandislik maktabida 2 kun davom etgan tadbir yoshlarning kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni aniq maqsad sari yo‘naltirish hamda kelgusida yetuk va raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib shakllanishlariga mustahkam zamin yaratish yo’lida muhim qadam bo’ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech