Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish muhim masala

05 Iyun 2025, 16:21 822

Yosh avlodni jinoyatchilik, o‘g‘irlik, mayda bezorilik, giyohvandlik va zararli internet o‘yinlarining salbiy oqibatlaridan ogoh etish, ularni bu illatlardan asrash, foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, mehnatga, kasbga bo‘lgan hurmatni shakllantirishda targʻibot tadbirlarining oʻrni muhim ahamiyatga ega.

Kuni kecha 3-mis boyitish fabrikasida boʻlib oʻtgan profilaktik seminarda ham jinoyatchilikning oldini olish, korrupsyaga qarshi kurashish, mehnat xavfsizligini taʼminlash va intizomni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda fabrika rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan so‘zga chiqqanlar, Olmaliq shahar ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan qonun buzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda bu kabi vaziyatlarga imkon yaratib berayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan fabrikada kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini taʼkidlashdi.

Tadbirda soʻz olganlar xizmat faoliyatida sodir etilgan hatto eng kichik ko‘rinishdagi huquqbuzarlik ham kelajakda jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkinligi va bu holat nafaqat xodimning xizmat obro‘siga, balki butun jamoaning ishonch va nufuziga putur yetkazishi haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Uchrashuvda Respublika miqyosida 2025 yilning 1-choragida yoshlar tomonidan sodir etilgan 6000 dan ortiq jinoyatlarning 700dan ziyodi voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida yuz berganligi aytib oʻtildi. Afsuski, mazkur qonun buzilishi va mayda o‘g‘irlik holatlari kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ham kuzatilayotganligi ma’lum qilinib har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, qurilish maydonida texnika talablariga rioya qilmaslikning og‘ir oqibatlari, ehtimoliy xatarlar hayotiy misollar orqali tushuntirilib, har bir xodim oʻzining shaxsiy xavfsizligi uchun javobgar ekanligi shuningdek korxonada korrupsiyaviy holatlatlarga chek qoʻyish choralari haqida aytib oʻtildi.

Profilaktik seminar soʻngida sex ishchi-xodimlari o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, qonunlarga soʻzsiz rioya etish talablarini tushuntirish va targʻibot tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish hamda bu boradagi ishlarini kuchaytirish rejalari belgilab olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech