Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33«Yoshlik I» konini o‘zlashtirish» investitsion loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi PQ-2807-sonli «Yoshlik I» koni negizida «Olmaliq KMK» AJ ning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.
«Yoshlik I» konini o‘zlashtirish» investitsion loyihasini amalga oshirish uchun yangi kon transport uskunalarining kelishi, shuningdek, «Yoshlik I» konida kon kapital qazib olish, kon ochish ishlari hajmining oshishi munosabati bilan hamda kon ishlarini sifatli boshqarishni ta'minlash uchun konda ikkita kar'er tashkil etildi.
«Shimoliy-g‘arbiy Baliqti» va «Barakali» kar'erlari «Olmaliq KMK» AJning boshqaruv raisi A. Xursanovning 2021-yil 13-avgustdagi 001020-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etildi.
Hozirda «Yoshlik I» konining 830-595 gorizontlarida kapital qazib olish va ustki qatlamni ochish ishlari olib borilib, konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 106,7 mln. m kubdan ortiq tashish ishlari bajarildi.
Kon amalga oshirilayotgan ishlarga 2 dona EKG-10, 15 dona EKG-15M, 6 dona EKG-20 va 1 dona EKG-20KM 25 m3li ekskavatorlar, burg‘ulash ishlarini olib borish uchun 18 dona SBSh-250 burg‘ulash uskunalari, tog‘ jinslarini tashish uchun 29 dona BelAZ 75307 va 54 dona BelAZ 75131 rusumli avtosamosvallari jalb etilgan.
Konda ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Axborot xizmati