"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 4-iyun kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan “Yoz mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish” mavzusida kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Tadbirda OKMK tarkibiy bo‘linmalari kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari mas’ullari, tarbiyachilari va yetakchilari, tibbiyot xodimlari, Ichki ishlar bo‘limi hamda kombinat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston oromgohlari madhiyasi” uchun “Eng yaxshi she’r” respublika ijodiy ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan bir guruh havaskor ijodkorlar rag‘batlantirildi. Xususan, tanlovda faol ishtirok etgan quyidagi vakillarga esdalik sovg‘alari va Tashakkurnomalar topshirildi:
Feruza Abdusamatova – Mis eritish zavodi transportyorchisi
Sarvarjon Abdujalilov – OKMK boshqaruv raisi yordamchisi
A’zam Quralov – Shaxtaqurilish boshqarmasi mashinisti
Dilshod Yunusov – Rux zavodi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Jahongir Bo‘riyev – 21-maktab o‘qituvchisi, “Metallurg” oromgohi tarbiyachisi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mas’ullar quyidagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tishdi.
Xususan, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Xaydarov mavsumni yuqori saviyada o‘tkazishda kasaba uyushmalarining mas’uliyatini belgilab berdi.
Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi epidemiologiya bo‘linmasi boshlig‘i Feruza Fozilmatova oromgohlarda toza ichimlik suvi, sifatli oziq-ovqat ta’minoti va kundalik dezinfeksiya ishlari bo‘yicha qat’iy talablarni ilgari surdi.
Abdujabbor To‘xtabayev (OKMK Tibbiy-sanitariya qismi rahbari) va Qudrat Karimqulov (Shahar tibbiyot birlashmasi mas’uli) bolalarni dam olish mavsumida yuqumli kasalliklardan ehtiyot qilish hamda tibbiyot xodimlarining o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligini ta’kidlashdi.
Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari oromgohlar hududida 24 soatlik qat’iy kuzatuv, zamonaviy videokameralar nazorati va yong‘in xavfsizligi shayligini ta’minlash orqali bolalar xavfsizligini himoya qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish choralari bo‘yicha ma’lumot berishdi.
OKMK boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va kitobxonlikni targ‘ib qilish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Kamoliddin Maxatov (Kasaba uyushmasi bosh mehnat texnik inspektori) oromgoh va texnik xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish vazifalarini ko‘rsatib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Umida Djalilova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi
Kengashining tashkiliy masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi