• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yuqori mehnat marralarini ko‘zlagan uchkastka

29 May 2024, 16:11 689

“Olmaliq KMK” AJ texnologik ishlab chiqarish zanjirida har bir korxonaning o‘ziga xos o‘rni bor. Kombinatni bir butun mexanizm, deb oladigan bo‘lsak, har korxona esa uning ajralmas murvatlaridir. Ishlab chiqarish zanjirida uzviy bir bo‘lagi sifatida qaraladigan Sanoat suv ta'minoti sexi faoliyati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kombinat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida bevosita texnik suvning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

Bugungi kunda sexda 7 ta ishlab chiqarish uchastkalari faoliyat yuritib kelayapti. Sexning 2-uchastkasi faoliyati bilan tanishar ekanmiz, mazkur uchastka Mis boyitish fabrikasini texnik suv bilan ta'minlaydi. Uchastka boshlig‘i Hasan Kuchbayevning ma'lum qilishicha, avval texnik suv Mis boyitish fabrikasining chiqindi to‘plash omboridan kelgan. Hozirgi kunda ushbu ombor faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgani bois, suv 47 ta yerosti quduqlaridan olinmoqda. Uchastka MBFni soatiga 5000-7000 metr kub suv bilan ta'minlaydi. Texnik suvlarni o‘z manziliga yetkazishda 1-, 2- va 3-sonli suv quvurlaridan foydalaniladi. Hozirda “Sharxiya” karyerida kotlovan qazish ishlari amalga oshirilayotgani bois 3-sonli suv quvurini 1- va 2- sonli suv quvurlari yoniga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasini texnik suv bilan ta'minalash maqsadida qo‘shimcha ravishda 10ta quduq burg‘ulanib, ushbu quduqlarga nasoslar qo‘yiladi.

Uchastka tomonidan MBFga texnik suvning yetkazib berilishini uzluksizligini ta'minlash maqsadida 4 tomoni 100metrga 100 metr, chuqurli 3 metr bo‘lgan, sig‘imi 30 000 metr kub suv saqlash zahira basseyni mavjud. Ushbu suv saqlash basseyni to‘liq ta'mirlandi. 2023-yili boshlangan ta'mir ishlarida Avtomobil transport boshqarmasi va Texnologik transport boshqarmasi texnika vositalari yordamida basseyn 90% pulpa qoldiqlaridan to‘liq tozalandi. Bu esa moboda avariya sodir bo‘lsa, 2-uchastka nasos stansiyasining maksimal quvvatida 4 soat davomida fabrikani texnik suv bilan ta'minlash imkonini beradi.

Ayni paytda uchastkada 2-sonli nasos joriy ta'mirga qo‘yilgan bo‘lib, D4000/95 rusumli ushbu nasos soatiga 4 ming metr kub suvni 95 metr balandlikka chiqarib beradi.

Uchastkada energiya tejamkorligi bo‘yicha ham samarali ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2023-yili uchastka hududiga 50 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, uchastka mehnat jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Ular tomonidan loyiha doirasida 10 600 tup terak ko‘chalari, 18 000 terak qalamchalari, 900 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda.

OKMKda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish tannarxini tushirish bo‘yicha ishlar doirasida Sanoat suv ta'minoti sexida ham salmoqli ishlar bajarilgan. Xususan, 2024-yilning yanvar-aprel holati bo‘yicha texnik va aylanma suv tannarxini tushirish bo‘yicha 1 455 000 000 so‘m mablag‘ tejamkorligiga erishilgan.

Uchastkada mehnat qilayotgan har bir ishchi-xodim o‘ziga yuklatilgan vazifaga vijdonan yondashadi. Bu esa yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga sabab bo‘lmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech