"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga bir guruh elimiz tanigan shoirlar, adiblar tashrif buyurishdi.
Jumladan, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoir va adiblar Salim Ashur, Ashurali Boymurod, Abdurahmon Pirimqulov, Nurilloh Chori, Ma'murjon Bozoraliyev, Zohidjon Olov, Latif Mansur, Javlon Jovliyevlar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etishib, o‘z ijod namunalaridan ishchi-xodimlarni bahramand etishdi. Adiblar bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, kombinatning mamlakatimiz iqtisodiy qudratiga qo‘shayotgan hissasi beqiyosligini ta'kidlashib, kombinatda mehnat qilayotgan konchi-metallurglar zamonamiz qahramonlari ekanligini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, tashrif davomida adabiyot vakillari 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi bilan ham tanishdilar.
Tashrif davomida adiblar va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
- Bugun kombinatda olamshumul investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Qalmoqqir konini kuzatgan bo‘lsangiz, sobiq ittifoq davrida kon shu holatga kelgan. Oxirgi 6-7 yil davomida esa “Yoshlik-1” koni paydo bo‘ldi. Yana bir raqamlarni taqqoslaydigan bo‘lsak, sobiq ittifoq davrida kombinatda yiliga 40 mln tonna ma'danlarni qayta ishlash imkoniga ega bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlari yaratilgan bo‘lsa, hozirda oxirgi 4 yilda qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi 60 mln tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Kombinatda amalga oshirilayotgan megaloyihalarda ishtirok etayotgan minglab ishchi-xodimlar sizlar yaratadigan asarlarning qahramonlaridir. Kombinatga kelayotgan xorijiy mehmonlar ham kombinatning salohiyatini e'tirof etishmoqda. Ayniqsa, hozir barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi ularni hayratlantirayapti, - dedi Abdulla Xursanov.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida adiblar kombinatda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, o‘z asarlarida bosh qahramon va asosiy g‘oya sifatida tanlashga eng munosib dolzarb mavzular OKMKda ekanini e'tirof etishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ijodkorlari bilan kelgusida ijodiy hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.
Axborot xizmati