• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zamonaviy loyihalar bilan yangi ufqlar sari

19 Iyul 2024, 8:47 617

So‘nggi yillarda “Olmaliq KMK” AJning eng yirik transport korxonasi hisoblangan Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi tomonidan temiryo‘l transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirish, takomillashtirish va rekonstruksiya qilish, temiryo‘l orqali texnologik hamda xo‘jalik yuklarini tashish hajmini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

STTBning tog‘ jinslarini tashish, yuk aylanmasi, tovar mahsulotlarini jo‘natish bo‘yicha hozirgi ko‘rsatkichlari va yaqin o‘n yillar uchun belgilab olgan istiqbolli rejalari xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, natijalar e'tirofga molik, albatta. Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida 14 191 ming m3 dan ziyod tog‘ jinslari karyerlardan olib chiqildi (reja 100,2%ga bajarildi), “Qalmoqqir” konidan 19 086,5 ming tonna ma'danlar tashildi (reja 100,4%ga bajarildi), “Sariq cho‘qqi” konidan 3 315 ming tonna ma'danlar boyitish fabrikalariga jo‘natildi (reja 103,8%ga uddalandi), 116 788 m3 inert materiallar (qum, sheben) ishlab chiqarildi (reja 122,4 foizga ado etildi). Sarhisob yilida temiryo‘lchilarimiz zimmasiga 28 469 m3 ga teng tog‘ jinslari hamda “Qalmoqqir” konidan 38 116 ming tonna, “Sariq cho‘qqi” konidan 6 431 ming tonna ma'danlar tashish yuklatilgan.

Yaqin o‘n yillik ichida OKMKning ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish yo‘lida yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda 2030-yilga kelib tog‘ jinslarini tashish 84,4 mln tonnani, yuk aylanmasi 1 203 mln t/km, tovar mahsulotlarini jo‘natish 4 417 ming tonnani tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan uzoq muddatli istiqbolli rejalar ishlab chiqilgan. Mazkur rejalar yuzasidan savollarimizga korxona rahbari Sirojiddin Manazarov quyidagicha javob berdi:

- Aytingchi, davlatimiz rahbarining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida OKMKda ishlab chiqilgan loyihalarning maqsadi, samaradorligini nimalarda ko‘rish mumkin?

- “Raqamli O‘zbekiston-2030” konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan “OKMK-2030” dasturiga muvofiq, “Texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mir ishlarining (TXIvaTI) avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasi borasida to‘xtalar ekanmiz, mazkur loyiha asosida yiliga 2,3 mlrd so‘mlik iqtisodiy samaraga erishish hisob-kitob qilingan. Shu bilan bir qatorda loyiha har yili TXKvaTI uchun sarf-xarajatlarni 10%gacha qisqartirish imkonini ham beradi. Harakatlanuvchi tarkiblarning amaldagi harakati hisobi, TXKvaTIning avtomatlashtirilgan tarzda rejalashtirilishi, mutaxassislar ish vaqti hisobi, TXKvaTI bajarilishi bo‘yicha tezkor hisobotni avtomatlashtirilgan tarzda shakllantirilishini loyihaning asosiy vazifasi sifatida belgilab olganmiz. Harakatlanuvchi tarkiblarga TXKvaTI sifati va maxsus ta'mir ishlari samaradorligini oshirish, TXKvaTI uchun sarf-xarajatlarni optimallashtirish hamda eng asosiysi, poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash loyihaning pirovard maqsadi qilib olingan. Bugungi kunda ushbu loyiha doirasidagi amaliy ishlar keng qamrovda davom etmoqda.

- STTB nafaqat temir yol transporti vositalarini ekspluatatsiya qiluvchi, balki harakatlanuvchi tarkiblarga ta'mir xizmatini korsatish imkoniga ega bolgan 3-TYS va Vagon deposiga ega. Ta'mir va texnik xizmat korsatishda ehtiyot va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish borasida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

- Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli Qaroriga asosan, STTBning mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga kora, otgan davr mobaynida PE2U(M) rusumli tortuv agregatlari uchun 48 xildagi, TEM seriyasidagi teplovozlar uchun 39 xildagi, 2VS-105 va 6VS-60 vagon- dumpkarlari uchun 37 xildagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilib, ishlab chiqarish ozlashtirildi.

Otgan 2023-yilda 9,458 mlrd somlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilgan bolsa, joriy yilda 9,374 mlrd somlik mahalliylashtirish dasturidan orin olgan mahsul otl arni s yex va bolimlarimizga yetkazib berilishi rejaga kiritilgan.

STTB da foydal anil adigan 190 dan ortiq ehtiyot qismlardan 127 tasi(66,8%) mahalliylashtirilgan, ya'ni Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi va STTB ta'mirlash bazalarida ishlab chiqarilmoqda. Bu borada ishlar ko‘lamini yanada oshirish uchun mutaxassislar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.

- OKMK ning investisiyaviy dasturlari doirasida yangi temir yo‘llar qurish, ularni rekonstruksiya qilish ishlariga ham to‘xtalib o‘tsangiz.

- Birgina “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsion loyihasining I bosqichida 3-MBF temir yo‘llari, “668 Razyezd-Otvalnaya” stansiyalari temir yo‘l bog‘lamasini qayta qurish kabi ishlar doirasida 12,4 km uzunlikda yangi temir yo‘llar yotqizilib, 29 jamlama strelkali o‘tkazgichlar o‘rnatildi. Ikkinchi bosqichda (2023-2040 yillar davomida) 46,16 km.dan ziyod yangi temir yo‘llarni qurish va 147 jamlama strelkali o‘tkazgichlarni montaj qilish rejalashtirilgan. Yangi “Karyernaya” stansiyasining qurilishi, “Otvalnaya” stansiyasi bilan “Nakpaysoy” otvallarini bog‘lovchi temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish, “Qalmoqqir” stansiyasini boshqa manzilga ko‘chirish kabi ishlarga doir loyiha hujjatlarini tayyorlash bugun so‘nggi bosqichga kirgan.

OKMK temir yo‘l infratuzilmasini texnik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, kon ishlarining samaradorligini oshirish, resurstejamkor yangi, progressiv texnologiyalarni joriy etish singari uzoq muddatli istiqbolli loyihalarimiz ijrosi yo‘lida kombinat temiryo‘lchilari jamoasi bor bilim, malaka va kuch-g‘ayratlarini safarbar etmoqda. Bugunga kelib tajribali temiryo‘lchilarimizning keksa avlodi o‘z mahoratini yoshlarga meros qilib qoldirishayotgani kishini quvontiradi.

- Sirojiddin Nuriddinovich ma'lumotlar uchun katta rahmat, jamoangizning istiqbolli rejalarni amalga oshirish yo‘lidagi sa'y-harakatlariga rivoj tilayman.

- Rahmat, salomat bo‘ling.

Suhbatdosh Dilafro‘z EGAMBERDIYEVA

Bo`lishmoq:
Text to speech