• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zhejiang Wanma kompaniyasi OKMKga qiziqish bildirdi

13 Oktyabr 2023, 12:18 867

Misga bo‘lgan talab dunyoda kundan kunga oshib boryapti. OKMKning istiqbolli loiyhalari esa mis metallini hajmini oshirishga qaratilgan. Shu bois ham bugungi kunda dunyoning yetakchi kompaniyalari OKMK bilan hamkorlik aloqalrini yo‘lga qo‘yish mavjud aloqalarni yanada kengaytirish borasida kombinatga tashrif buyirishmoqda.

Kuni kecha mazkur yo‘nalishda Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang Wanma kompaniyasi vakillari Olmaliq shahrida bo‘lishdi.

Dastavval, kombinat rahbariyati va xitoy delegatsiyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar olib borildi.

Unda har ikkala tomon ishlab chiqarish texnologiyasi, korxonaning tarixi va kelajakdagi rejalari, raqamlashtirish borasida erishayotgan natijalar, ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharotlar borasida fikr almashdilar.

Mazkur kompaniyaning OKMK kelishidan ko'zlangan asosiy maqsadi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishdan iboratdir.

Ma'lumot uchun: Zhejiang Wanma kompaniyasi milliy taraqqiyotga yo'naltirilgan yuqori texnologiyali korxona bo'lib, sim va kabellar, polimer materiallar, zaryadlovchi qurilmalar va yangi energiya yo‘nalishida uskuna hamda texnik qurilmalar yetkazib berish bo'yicha mamlakatda yetakchi o‘rinda turadi. Unga 1989-yilda asos solingan.

Muzokaralardan so'ng Xitoylik mehmonlar Qalmoqqir konida bo'lishdi. Ular ma’danlarni qazib olish, olib chiqish va fabrikalarga yetkazib berish jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, konning zahirasi, tarixi to'g'risidagi ma`lumotga ega bo`lishdi.

MDH davlatlarida yogona ishlab chiqarish quvvati 60 million tonna rudani qayta ishlash imkoniyatiga ega bo'lgan 3-mis boyitish fabrikasidagi bunyodkorlik ishlari ham mehmonlar e'tiboridan chetda qolmadi.

Tashrif davomida mehmonlarga qurilish jarayonlari, fabrikaning imkoniyatlari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi to'g'risida ma'lumot berildi. Bu esa ularda katta taassurot qoldirdi.

Muxtasar aytganda halqaro hamkorlik nafaqat taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi balki do‘stlik aloqalarini ham mustahkamlaydi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech