Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Monitoring va nazorat xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar e’tiboriga

18 Dekabr 2025, 14:0 1019

LBMA talablari va Good Delivery maqomi doirasida qimmatbaho metallarni affinajlash sohasida monitoring va nazorat xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar e’tiboriga

Hurmatli hamkasblar!

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi (LBMA) talablariga rioya etish hamda Good Delivery maqomiga muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida qimmatbaho metallarni affinajlash jarayonini, jumladan quyma quyish va namuna olish (dip sample) operatsiyalarini LBMA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan malakali Supervayzer nazorati ostida monitoringdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Eng maqbul xizmat ko‘rsatuvchini tanlashga qaratilgan xarid (tanlov) jarayoniga tayyorgarlik doirasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ manfaatdor kompaniyalarni quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tanlov (konkurs)da ishtirok etish uchun tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etadi:

  • namuna olish va quyma quyish jarayonlarini nazorat qilish uchun LBMA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan malakali Supervayzerni tayinlash;
  • namuna va quymalar bilan bog‘liq operatsiyalar davomida Supervayzerning ishlab chiqarish maydonida bevosita ishtirok etishi;
  • LBMA talablariga muvofiq monitoring natijalari bo‘yicha to‘liq hujjatlashtirilgan hisobotlarni taqdim etish;
  • xizmatlar qiymatini hisoblash, shu jumladan har bir operatsiya uchun belgilangan stavka, shuningdek Supervayzerning yo‘l va yashash xarajatlarini ko‘rsatish;
  • ishlarni bajarish shartlari va muddatlari.

Tijorat takliflarida xizmatlar shartlari, qiymati va bajarish muddatlari aniq va to‘liq bayon etilishi, shuningdek ijrochining malakasi va tajribasini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltirilishi lozim.

Shuningdek, taklif etilayotgan Supervayzerning malakasi, amaldagi LBMA akkreditatsiyalari hamda Good Delivery talablari doirasida affinoj korxonalari bilan ishlash tajribasi haqida ma’lumot berishingizni so‘raymiz.

Bundan tashqari, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning joylashgan manzili (Toshkent viloyati, O‘zbekiston Respublikasi)ni inobatga olib, xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallar yoki vakolatli tashkilotlar, yoxud yaqin hududlardagi filiallar orqali ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz.

Taqdim etilgan tijorat takliflari shaffoflik, teng raqobat va iqtisodiy samaradorlik tamoyillariga rioya qilgan holda ko‘rib chiqiladi.

Tanlov (xarid) jarayonini boshlash uchun zarur bo‘lgan tijorat takliflarini imkon qadar tezroq taqdim etishingizdan minnatdor bo‘lamiz.

Tijorat takliflari ushbu e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida qabul qilinadi.

Bog‘lanish uchun mas’ul shaxs:

Tahlil, audit va sertifikatlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Davlyatov Djamal Abdullayevich

Tel.: +998 93 182 19 97

E-mail: j.davlatov@agmk.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech