• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2023-yilda "Olmaliq KMK" tomonidan 31,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

16 Yanvar 2024, 16:59 729

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kombinat axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva ma'lum qildi:

Ko‘p ming sonli mehnat jamoasi sanalgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023-yilni samarali natijalar bilan yakunladi. Mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilda barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlandi.

Jumladan, 2023-yilda kombinat tomnidan 31,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 106,1 foizga bajarilganini ko‘rsatadi

Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Ozarbayjon, Polsha, Ispaniya, AQSh va Germaniya davlatlariga umumiy qiymati 661,9 mln dollar mahsulotlar eksport qilindi. Prognoz muddatidan oldin bajarilib, 102,6 foizni tashkil etadi.

Investisiya dasturiga kiritilgan 4 ta loyiha doirasida 1128,2 mln dollar  o‘zlashtirildi(prognozga nisbatan 101,9 foiz), shundan 893,8 mln dollar (102,1 foiz) xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 147 ta loyiha bo‘yicha 429,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Prognoz 119,9 foizga bajarildi.

Operatsion xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar evaziga mahsulot tannarxini 404,7 mlrd so‘mga yoki 3,3 foizga pasaytirishga erishiladi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamli transformatsiya doirasida 2023-yilda 34 ta loyiha amalga oshirilib, ularning 12 tasini boshqaruv va biznes jarayonlari yo‘nalishi, 14 tasini ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, 8 tasini kon-transport kompleksi hamda infratuzilma yo‘nalishi tashkil etadi.

OKMKda 2023-yilda biznes va texnologik jarayonlarni raqamlashtirish hamda ularni maqbullashtirish evaziga 224 mlrd so‘m iqtisod qilindi. Kombinat tomonidan 14,9 trln so‘m mablag‘ byudjet to‘lovlari uchun to‘lab berildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarish sohasida balki ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, 2023-yil - “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan  amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumani “Eltamg‘ali” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan bolalar bog‘chasi binosini qayta ta'mirlash uchun ham 10,3 mlrd so‘mlik homiylik  yordami ko‘rsatildi.

"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun( 500 mln. so‘m), Toshkent viloyatining ijtimoiy soha ob'yektlari isitish qozonlari va issiqlik tizimini ta'mirlash maqsadida( 22,2 mlrd so‘m) homiylik yordamlari ko‘rsatildi

Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasida joylashgan “Chotqol” madaniyat saroyining ta'mir ishlariga 11,8 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Toshkent viloyati Mahalla hayriya jamoat fondining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 1 mlrd so‘mlik, sportni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Dzyudo federatsiyasiga 5,5 mlrd so‘mlik homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozori old qismida yerosti piyodalar yo‘lagi qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu yerosti yo‘lagi qurilishiga 3,4 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

2023-yilda shuningdek, kombinat poliklinikasi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu tibbiy maskanning ta'mirlash ishlariga 12,8 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

Kombinat tomonidan  yana Olmaliq shahar tug‘ruq kompleksi tumanlararo perinatal markazga aylantirildi. Ushbu markaz ta'miriga 13,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.

Shuningdek, Olmaliq shahrining infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida shahar ko‘chalari, turar joy va ijtimoiy ob'yektlar atroflarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, bugungi kunga qadar 75 ming m2 shahar asosiy va ichki yo‘llari asfaltlashtirildi. Ushbu ishlarga 7,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.

Bo`lishmoq:
Text to speech