• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon

29 Iyul 2024, 10:32 424

Joriy yilning 26-27-iyul kunlari Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Oltin olma” pansionatida davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari rahbarlari uchun IV “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi Milliy konferensiya va uning doirasida Media-forum tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda OKMK Axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, AOKA direktori Asadjon Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Mahmudjon Parpiyev, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi - Bosh direktor Abdulla Xursanov ishtirok etdi.

Tadbirni rasman ochib bergan Sherzod Asadov matbuot kotiblarining globallashuv, jadal islohotlar hamda istiqbolli rivojlanish davrida mas'uliyatlari, vazifalari, funksional jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi: - Axborot xizmati rahbari o‘z sohasida potensial bilim va tajribaga ega bo‘lishi, faoliyatini sifatli, shaffof, ochiq, tezkor yo‘lga qo‘yishi orqali davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni xalqchillik bilan yetkazishda ko‘prik bo‘lishi lozim, dedi Sh. Asadov so‘zi davomida.

Konferensiyada so‘zga chiqqan AOKA direktori A.Xodjayev matbuot kotiblarining ishida integratsiyalash shart bo‘lgan zamonaviy, innovatsion texnologik yangilanishlar, media islohotlarni turli keyslar misolida izohlab berdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Mahmudjon Parpiyev so‘z erkinligini ta'minlanishida qonunchilikka rioya qilish mezonlari to‘g‘risida to‘xtaldi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov so‘nggi yillarda mamlakatimizda so‘z erkinligi ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, jamiyat taraqqiyotida, olib borilayotgan islohotlarda OAV va jurnalistlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o‘tdi.

Media forum doirasida “Axborot xizmatlarining kampaniyalashgan holda ishlash mexanizmlari, sifatli media kontent yaratishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari” va “Axborot xizmatlari – 2030. Sun'iy intellekt imkoniyatlari va zamonaviy tendensiyalar” mavzularida panel sessiyalar ham o‘tkazildi. Panel sessiyalari davomida matbuot kotiblari tajribalari asosida axborot uzatishdagi yangicha yondashuvlar, normalarga rioya qilish qoidalari yuzasidan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, taqdimotlar qilishdi.

Shuningdek, panel' sessiyalarida axborot xizmatlari va OAV xodimlari, media vakillari bilan ishlashda sifat ustuvorligini saqlab qolish, ko‘p tomonlama hamkorlik qilish, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashda e'tibor qaratish shart bo‘lgan jihatlar batafsil izohlandi.

Shu kuni media forum doirasida Axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida zamonaviy media-trendlar yuzasidan timbilding(Media-Quiz) o‘tkazildi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda OAV tarixi, qonunchiligi, zamonaviy media-trendlar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Media-forumning ikkinchi kunida ishtirokchilar o‘rtasida “AOKA spartakiadasi” sport musobaqasi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar stol tennisi, shaxmat, shashka, voleybol sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

Bilimlar bellashuvi va sport musobaqalari g‘oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ikki kun davom etgan tadbirlarda matbuot kotiblari faoliyatlarida samarali aks etadigan malaka va tajribalarga ega bo‘lishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech